daraxtlar gullabdi…
Qayta gul ochibdi
nafis g‘unchalar…
Biz yurgan yo‘llar,
ko‘cha, hiyobon…
Bir vaqtlarnikidek
sevishganlar bilan
to‘la. Seni
sog‘indim, yonimda
bo‘lishing istayman
shu dam. Lekin,
lekin… Qanday
afsus, sen endi
yo‘qsan…
Gullarni juda-juda
yaxshi ko‘rarding…
Har gal
ko‘rishganimizda
yo‘ldanmi,
do‘kondanmi yoki
hech bo‘lmagada,
ko‘cha chetida qip-
qizil bo‘lib gullab
yotgan
atirgullardan bir
donaginasini
senga olib
borardim…
O‘shanda sening
tabassuming,
kulganingda
chiroyingga chiroy
qo‘shib turguvchi
kulgichlaring
hayollarimni
alg‘ov-dalg‘ov qilib,
yuragimning
parcha-
parchasigacha
sening ishqingni
o‘yib yozardi…
Yana o‘sha tanish
gul do‘koniga
burildim-u ma’yus
ortimga qaytdim.
Chunki, chunki…
Qanday afsus, sen
endi yo‘qsan…
Ishlarimdagi
muammolar, hayot
tashvishlari,
begona bir vaxshiy
kimsalar bilan
bo‘lgan
suhbatlardan
qolgan ruhiy
azoblardan
qiynalganimda;
Qachon
bo‘shaysan, seni
bugun ko‘rishim
kerak, seni bugun
ko‘rmasam
bo‘lmas, deb senga
SMS jo‘natishni
xohlayman.
Javobida esa;
Anhor bo‘yida sizni
kutyapman, sizga
deb shirinlik ham
olgandim, tezroq
kelmasangiz
hammasini
kabutarlar yeb
qo‘yishadi, deb
yozishingni
shunchalik
istaymanki… Xatto
bularning barcha-
barchasi endi
armon ekanligini
ham unitib
qo‘yaman… Axir,
axir… Qanday
afsus, sen endi
yo‘qsan…
Eslaysanmi? Bahor
chog‘i edi, go‘yo
issiq kunda
sevgimizning
hovurini bosishni
istagandek
to‘satdan yomg‘ir
quyib yuborgandi.
Pana izlab bir
do‘konga
kirgandik, do‘kon
egalari bo‘lmish
keksa
sevishganlar;
Muhabbat bilan
bog‘langan ikki dil
hech qachon
ayrilmasliklari
kerak, deb bizga
bitta soyabon
berishgandi. Lekin,
afsus… Har doim
ham biz xohlagan
orzular
ushalavermaydi…
Bugun ham yomg‘ir
ostida, o‘sha
soyabon panasida
turibman. Balki,
balki… Sen ham
yonimga kelarsan…
Afsus, qanday
afsus, sen endi
yo‘qsan…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2