kupesi negizida ishlab chiqilgan elektr superkar uchun buyurtmalar
qabul qilishni boshladi. “Motor”ning yozishicha, Genovation Extreme Electric (GXE) nomini olgan elektrokarning narxi 750 ming dollarga teng.
Foto: “Motor”
Yangi avtomobilning kuch qurilmasi umumiy hisobda 660 ot kuchini bera
oladigan ikki elektr dvigateldan tashkil topgan. Dvigatellar quvvati
zaxirasi 210 kilometr yo‘lga yetadigan akkumlyatorlar yordamida
harakatga keltiriladi.
Ishlanma mualliflarining qayd etishicha, ular avtomobil og‘irligini
ikki o‘qqa ideal darajada teng (50 ga 50) taqsimlashga muvaffaq bo‘lgan.
Kupening dinamik tavsifi hozircha oshkor etilmayapti.
Foto: “Motor”
Xabar berishlaricha, bunday mashinalardan atigi 75 dona tayyorlanadi.
Genovation Cars kompaniyasi 2019-yildan boshlab ishlab chiqariladigan
elektrokarlar uchun hozirdan buyurtma qabul qilmoqda. Xaridor oldindan
250 ming dollar to‘lashi kerak.
Iyul oyida Genovation Cars firmasi yo‘l elektr mashinalari orasida
tezlik bo‘yicha o‘z rekordini yangilagan edi. 2006-yil namunasidagi
Chevrolet Corvette Z06 kupesi negizida tayyorlangan 600 ot kuchiga ega
elektrokar soatiga 330,8 kilometr tezlikka erishgan edi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев