Motors katta hajmdagi chakana savdolar, Xitoydagi yaxshi natijalar hamda
samarali xarajatlar boshqaruvi tufayli joriy yilning uchinchi choragida
rekord miqdordagi daromad va tushumni qo‘lga kiritdi. Bu haqda
“Interfaks” xabar bermoqda.
Foto: General Motors
Kompaniyaning moliyaviy hisobotida aytilishicha, iyul-sentabr
oylarida sof daromad 104 foizga o‘sib, 2,77 milliard dollar miqdorida
bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich aksiyaga hisoblanganida 110 foizni yoki donasiga
1,76 dollarni tashkil etadi. Bir martalik omillar inobatga olinmagan
holda daromad aksiyaga 1,72 dollarni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu
davri ko‘rsatkichi 1,50 dollarga teng bo‘lgan edi.
Tahrirlangan EBIT ko‘rsatkichi 14,4 foizga, 3,5 milliard dollargacha
o‘sdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha rentabellik 8,3 foizni tashkil etdi.
GM’ning choraklik tushumi 10,3 foizga ko‘payib, 42,83 milliard dollarga
yetdi.
Thomson Reuters tomonidan intervyudan o‘tkazilgan tahlilchilar
GM’ning bir martalik omillar inobatga olinmagan holdagi daromadi
aksiyasiga 1,44 dollarni, tushum esa 39,3 milliard dollarni tashkil
etishini kutganini tan oldi. Shu tariqa, korporatsiya bu boradagi yangi
rekordlarni qayd etdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев