butun vujudni titratadi. Sabab
ne? Bu shunchaki so'z-ku.
"Salom" va "Xayr" so'zlarini
so'zlagan tilning yana bir
xonishi. Lekin nega u so'zlar
aytilsa munosabatlarga chek
qo'yilmaydi-yu, ammo,
"Alvido" insonlarni
yuzko'rmas bo'lib ketishigacha
olib boradi? Ushbu so'zning
zalvori naqadar og'ir... Bu
og'irlikni ko'tarmoq juda -
juda, juda mushkul. Unda nega
insonlarni qiynab, so'ngsiz
aytaveramiz bu so'zni. Bas
do'stim,
yig'lamang ortiq. Sizga kimdur
bu so'zni aytdimi, demak uni
tinch qo'yishingiz
kerak. Ortiq bezovta
etmasligingiz
lozim. U
"Alvido" deya bejiz aytmagan. U
sizdan, munosabatlardan
bezgan. Unga
sizni keragingiz yo'q. Zero
shunday ekan, nega g'am
chekasiz? Nega
yig'laysiz? Nechun tunlar bedor
xatoyim ne deya o'ylaysiz? Sizni
ko'rishni istamagan, ortiq sizla
ko'rishmaslik umidida "Alvido"
degan
insonni xayolingizdan,
xayotingizdan o'chiring! Chunki,
uni hayolida, xayotida
sizni yodingiz yo'q. Zarracha
hurmatingiz qolmagan uning
dilida.
Xo'sh, yana ne so'z qoldi
bitilmagan?
Tushunaman, u aytgan so'zlar
xayolingiz uzra aylanaveradi.
Hatto o'qigan hikoya va
asarlaringizning eng
yaxshi qahramonlarini uning
siymosida
tasovvur qilasiz. Shu sabab u
hikoyani
takror - takror o'qigingiz keladi.
Chunki, u hikoyada siz uchun
qadri
cheksiz insoningizning siymosi
mujassam. Jilmayishga holingiz
bo'lmasada, uning so'zlarini
eslagach
yuzingizni beg'ubor bir
tabassum
egallaydi. Ammo, ammo u
aytgan o'sha
"Alvido" bu tabassumni parcha -
parcha etib yuborishga qodir.
Yuzingiz nogoh so'lg'in tus
oladi. Hatto
ko'zingizda yoshlar yiltillaydi.
Ammo
nachora, o'zga yo'q iloj.
"AYTILGAN
SO'Z, OTILGAN O'Q" uni
qaytarib
bo'lmaydi hayhot. Xullas
do'stim, u deb
siqilmang, "Alvido"ning
zalvoridan ortiq ezilmang! Unga
holatingiz ma'lummas,
o'ylaydi yuribdi deb shodon.
Tanasi
boshqa dard bilmas, sizni
tushkunligingizni u his qilmas.
U aytdi
"Alvido", endi hammasi
tamom! Uning
hayotidan keting, tinch qo'ying
uni. U aytdi "Alvido" bu qarorni
hurmat qiling,
uni istagini bajo qiling,
buyog'iga endi
o'z yo'lingizdan keting...! U esa
o'ziga
kerakli bo'lgan hayotni tanlab
ulgurgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев