hayollar, Ba'zilar qalbida faqat
ayollar, Do'stlarim sizlarga beray
savollar, Ayting Olloh uchun nima
ish qildik? Yuramiz erta kech,
qorinni o'ylab, Qur'on
o'qimaymiz, hattoki oylab, Axir
o'lim bizni, turmasku poylab,
Ayting Ollox uchun nima ish
qildik? Ro'zg'orimiz uchun, yelib
yurarmiz, Otamiz amriga, tayyor
turarmiz, Jannatta qasrlar,
qachon qurarmiz? Ayting Olloh
uchun, nima ish qildik? Amallar
qilamiz, barida riyo, Ex bizlarda
qolmapti, zarracha hayo, Ertan
qabrimizda, bo'lgaymi ziyo,
Ayting Olloh uchun nima ish
qildik? Umrimiz o'tmoqda,
go'yoki hazon, Shu kunlar ham
bo'ldi, kimlarga armon, Bir zum
ortimizga, nazar tashlabon,
Ayting Olloh uchun nima ish
qildik? Dunyo ziynatlari, yor
bo'larmidi, Qiyomatda bizga, kor
bo'larmidi, Olloh uchun yashasak,
zo'r bo'larmidi, Ayting Olloh
uchun, nima ish qildik? Shayton
yetaklaydi, qo'limdan ushlab, Men
nodon yurarman, nafsimni
hushlab, Bir savol qiynaydi,
yuragim g'ashlab, Ayting Olloh
uchun, nima ish qildik? Yoshlik
havaslari qilganda mashg'ul,
Xaqqa bosh egmoqlik, juda ham
mushkul, Umring poyoniga
yetganda butkul, Ayting Olloh
uchun, nima ish qildik? Nahot
charchamaymiz, yolg'onlar
so'ylab, Ayting qachongacha
yuramiz o'ynab, Do'stim o'zingiz
ham, ko'ring bir o'ylab, Ayting
Olloh uchun, nima ish qildik?
Farzandimiz uchun qurdik
binolar, Ko'klarga sovurdik, ming
ming diynorlar, Qalbimning
tubida yana savollar, Ayting Olloh
uchun, nima ish qildik? Ne ne
ko'ngillarni, rom qilar jannat,
Lekin anglamaslar, kitobla
sunnat, Bugun o'zimdan ham,
qilarman nafrat, Ayting Olloh
uchun, nima ish qildik? Shamol
kabi tezlab, kelar qiyomat, Har
yonda ko'rinar, minglab alomat,
Do'stim yana sizni, qildim
malomat, Ayting Olloh uchun,
nima ish qildik? Bo'ldi gapirsak
ko'p, gaplar tugamas, Haqni
izlamagan, barbir tushunmas,
Ishoning so'zlarim, o'zim
uchunmas, Ayting Olloh uchun,
nima ish qildik? Ayting Olloh
uchun nima ish qildik?(she'r):
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев