Dunyo ustun deganlar
Ostini ham ko’rarlar.
Qilko’prikning boshida
Bo’yin egib turarlar
"Og’am” deganing qayda?
"Onam” deganing qayda?
Soyasiga sig’inib,
"Otam” deganing qayda?
Barisi ham ko’zda yosh
Biri-biridan yuvvosh?
Yer bag’irlab turarlar,
Yurakda qoyadek tosh:
"Evoh, qalbi ko’r bo’ldim,
Peshonasi sho’r bo’ldim.
Yaratganni bilmadim,
Shakkok bo’ldim – xo’r bo’ldim”.
Badanlaring yuvishar,
Oyoqlaring chalishar.
Sening kabi bandalar
Bir-bir pastga qulashar.
Oz bo’lsa-da vaqting bor,
Imon keltir, Alloh yor!
Oxirating ko’pmasin,
Keyin yig’lamagin zor.
…Dunyo ustun deganlar
Ostini ham ko’rarlar.
Qilko’prikning boshida
Bo’yin egib turarlar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1