Homilador ayolda oyoq yoki qo'l tomirlarining tortishib qolishi to'satdan yuz beradi. Ayniqsa dam olish payti, uyquda bunday holat soni ko'payishi mumkin.
Homiladorlik paytida tomir tortish sabablari turlicha bo'lib ularning asosiylari;
1. Ayol organizmida kalsiy, kaliy, magniy va vitamin B6 mikroelementlarning yetishmasligi;
Bunga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin:
Homiladorlikning dastlabki davridagi kuchli toksikoz, bundaayol ko'p qayd qilib kerakli mikroelementlarni keraklicha hazm qilmaydi.
Homilaning mikroelementlarga bo'lgan ehtiyojini kuchayishi (odatda homiladorlik davrining o'rta qismida namoyon bo'ladi).
Siydik keltiruvchi doriva suyuqliklarni vrachnazoratisiz ko'p iste'mol qilish.
Noto'g'ri ovqatlanish natijasidaayol organizmiga kerakli moddalar yetarlicha tushmaydi.
2. Qonda gemoglobin moddasi darajasi keskin pasayib ketishi(anemiya);
3. Qondagi shakar miqdorining buzulishi, ko'pincha homilador ayolning ovqatlanish tizimi buzulib, katta vaqt oralig'ida birdaniga ko'p yeb olish yoki shirinliklarni ovqat o'rniga yeb yurish sabab bo'lishi mumkin;
4. Oyoqda tomirlarning varikoz kengayshi, bu ayniqsaoyoqlarga katta og'irlik tushayotganda kuzatiladi;
5. Kofeinga boy suyuqliklarni iste'mol qilish (koka-kola, fanta, sprite, kofe va boshqalar). Kofein moddasi mushaklarni suvsizlantirib tomirlarni tortishiga olib kelishi mumkin;
6. Bachadonning tomir bosishi. Bunda kattalashgan bachadon asosiy tomirni bosib, oyoqlarda qon aylanish tizimiga xalaqit beradi. Odatdahomiladorlikning uchinchi trimestrida ayol belida yotganda namoyon bo'ladi.
Tomir tortishib qolsa nima qilsa bo'ladi:
Tomir tortishayotgan oyoq barmoqlarini asta-sekin o'zingizga tortib, yana asta sekinlik bilan o'z holiga qaytaring;
- tomir tortishayotganjoyni asta qizitish maqsadida ishqalang;
- qon aylanish tizimini o'z holiga qaytarish uchun xonada bir qancha yuring;
- tomir tortishi qaytarilmasligi uchun oyoqlaringizni balandroqqa ko'tarib (yostiq ustiga qo'yib) yoting.
Homiladorlik davrida tomir tortishi oldini olish va davolash:
Tomir tortishi bu alohida kasallik bo'lmay organizmda ma'lum bir nosozlik bor ekanligi alomatidir. Shuning uchun homilador ayol o'zida tomir tortishinikuzatsa darhol vrachga murojaat etishi lozim. Agar tomir tortishi sababi mikroelementlarning yetishmovchiligida bo'lsa, u holda vrach kerakli vitamin va mikroelementlarni tavsiya qilishi mumkin.
Tomir tortishining oldini olish maqsadida homiladorayol non, makaron, grechka, ovsyanka, qatiq mahsulotlari, pishloq, baliq, yog'siz go'sht, meva va sabzavotlardan iste'mol qilishi lozim. Qondagi shakar miqdorini normada ushlab turish uchun tez-tez oz-ozdan ovqatlanish lozim.
Undan tashqari:
Balandligi besh sm dan oshmagan oyoq kiyimida yuring;
Tomirlarning varikoz kengayishi mavjud bo'lgan hollarda tomirlarni ushlab turuvchi maxsus kolgotka yoki paypoqlarni kiyib yuring;
Homiladorlikning uchinchi trimestridan boshlab iloji boricha chap yoningizda yoting, yoki o'n tomon dumg'azangiz tagiga yostiq qo'yib yoting;
Oyoqlarga uzoq vaqt og'irlik tushmasligini ta'minlang. Agar tikkaturish zarur bo'lib qolsa, u holda oyoqlaringizga dam beruvchi mashg'ulotlarni qilib turing (oyoq uchiga turish, o'z holiga qaytish, bir necha marta).
Dam olayotganingizda oyoqlaringizni biroz ko'tarilib turgan holda (yostiq, adyol ustida) ushlang.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 34