Egizaklar – ona organizmida bir vaqtda rivojlangan ikki, uch yoki undan ortiq homila. Har 85 tug’ruqqa bir egizak, har 6-8 ming tug’ruqqa esa bir yo’la uch egizak to’g’ri keladi; undan ortiq egizak tug’ish ahyon-ahyonda kuzatiladi.
Egizaklarning tug’ilishida irsiy omillarning ham roli katta. Egizaklarning bitta tuxumdan yoki ikkita tuxumdan rivojlangan tiplari ma’lum.
Bitta tuxumli egizaklar ikki yadroli tuxum hujayraning spermatozoid bilan otalanishidan yoki ikki yadroli spermatozoid bir yadroli tuxum hujayrani otalantirishi natijasida rivojlanadi. Ba’zan tuxum hujayralar uchta, to’rtta, (va undan ortiq) yadro tutsa, uchtalik, to’rttalik va undan ortiq egizaklar rivojlanishi mumkin.
Bir tuxumdan rivojlanadigan egizaklar platsentasi bitta, ularningjinsi (faqat qiz yoki faqat o’g’il bolalar), qon gruppalari bir va tashqi qiyofasi bir biriga o’xshaydi,l hatto eng yaqin kishilari ham bir-biridan aniq ajrata olmaydi.
Ikki tuxumli, ya’ni bir xil tuxumdan rivojlanadigan egizaklar bir vaqtda yetilgan va alohida urug’lar bilan otalangan ikki va undan ortiq hujayradan hosil bo’ladi; ular platsentasi alohida-alohida , bir yoki har xil jinsli bo’lishi mumkin. Irsiy jihatdan ular “aka-uka”, “opa-singil”, “aka-singil”dek o’xshash bo’lib, ikki va ko’proq tuxumlar bir vaqtda yetilgandagina paydo bo’ladi.
Ona qornida egizaklar rivojlanayotganligini asosan homiladorlikning ikkinchi yarmidagina homilada yurak urishi eshitilishi vaqtida aniqlash mumkin; homilador organizmida bir qator o’zgarishlar, ko’pincha toksikoz belgilari, vaqtidan oldin tug’ib qo’yish kabi holatlar ham kuzatiladi.
Shuning uchun egizak tug’ish ehtimoli bo’lgan ayollar tez-tez konsultatsiyaga borib turishlari va tug’ishdan 7-10 kun ilgari tug’ruqxonaga kelib yotishlari lozim.
Ko’p homilalik normal kechganda tug’ruq vaqtida deyarli hech qanday asoratlar kuzatilmaydi (qog’anoq suvining vaqtidan oldin ketib qolishi, sust dard tutishi va boshqa noxushliklar bundan mustasno). Ko’pincha egizakning vazni va bo’yi bir-biridan farq qilishi mumkin, bu asosan platsentadan kelgan oziq moddaning teng taqsimlanmaganligi bilan bog’liq. Vaqtidan oldin tug’ilgan egizaklarni avaylab parvarish qilish talab etiladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 19
Bittasi kichkina buladimi ikkinchisiga qaraganda