Homiladorlik toksikozlari – homiladorlik davrida uchraydigan kasallik holati; nerv, yurak-tomir, endokrin sistemalar va moddalar almashinuvining o’zgarishi tufayli kelib chiqib, tug’ruqdan so’ng o’tib ketadi. Homiladorlik toksikozlariga homilador ayol organizmida mavjud xastaliklatr sabab bo’ladi.Shuning uchun bo’yida bo’lgan ayol ertaroq (2 oygacha) ayollar konsultatsiyasiga borib, vrach maslahatidan foydalanishi kerak. Ma’lumki, homiladorlik boshlanishida ko’pchilik ayollar bosh qorong’u bo’ladilar. Ularning ko’ngli ayniydi, turli narsalar (tuzlangan baliq, qurut, gilvata, kesak) yegisi keladi, ba’zi ovqatlarning hidi ham yoqmaydi. Go’shtli va yog’li ovqatlar yeganda qayt qiladi. Bo’yida bo’lgan ko’pchilik ayollarning boshi aylanadi, uyqusiz yoki uyquchan, serzarda bo’lib qoladi; bu alomatlarning qanchalik og’ir yoki yengil o’tishi ayolning oliy nerv faoliyatiga bog’liq.
Bu holatlar ba’zi ayollardaertaroq, ba’zilarda esa kechroq boshlanib, o’tib ketadi. Ammo ba’zi homilador ayollarda bu alomatlar yo’qolmay, zo’rayib boradi, natijada homiladorlik toksikozlari paydo bo’ladi. Homiladorlikningbirinchi (ilk) va ikkinchi yarmi (kech) toksikozlari farq qilinadi. Ilk toksikozlar homiladorlikning dastlabki 12 haftasida ro’y beradi. Ayolning umumiy ahvoli o’zgaradi, dilgir bo’lib qoladi, ko’ngliayniydi, so’lagi oqibkeyinqayt qiladi. Ba’zan ayol hadeb qayt qilaveradi, darmonsizlanadi, oza boshlaydi, uyquchan va serjahl bo’lib qoladi. Lekinhomiladorlik toksikozlarida kuzatiladigan to’xtovsiz (sutkasiga 20 martagacha) qusish organizmning suvsizlanishi va ayolning ozib ketishiga olib keladi.Uning qon bosimi pasayadi, gavda temperaturasi ko’tariladi, pulsi tezlashadi, terisi quruqshiydi, og’zidan noxush hid keladi. Ilk toksikozlarda homilador ayol konsultatsiyaga qatnab davolanishi mumkin; haddan tashqariko’p qusish ayolni kasalxonaga yotqizishni talab etadi.
Kech toksikozlar homiladorlikning ikkinchiyarmida, ko’pincha so’nggi oylarida vujudga keladi. Bularga homiladorlar istisqosi, nefropatiya, preeklampsiya va eklampsiya kiradi. Kech toksikozlarning barchasi ketma-ket kelib, kasalliklar bosqichma-bosqich kechadi. Homiladorlar istiqosida shish paydo bo’ladi. Odatda u to’piqdan boshlanib, tizza, son, qorin va tashqi jinsiy organlarga o’tadi, so’ngra asta-sekin butun gavdagatarqaladi. Ayolning yuzi ko’pchiydi. Shish ayol gavdasining hamma qismlariga tarqalgan bo’lsa ham uning umumiyahvoli unchalik o’zgarmaydi, normal holatda vazni ortadi (homiladorlik vaqtida 10 kg ortadi). Ayol og’irliginitarozida tortib turish yo’libilan ham shishni aniqlash mumkin. Homiladorlar istisqosida muntazam davolanish zarur. Homilador ayol oyda ikki marta konsultatsiyaga borishi, shuningdek vrach ko’rsatmalari va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishi, haftada bir marta tarozida torttirib turishi lozim. Suyuqlik (sutkada 1 litrgacha ruxsat etiladi) va tuzni cheklash, servitamin ovqatlar, sabzavotlar, ho’l mevalar, tvorog, kefir iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ayolo’z vaqtida davolanib istisqoning oldini olmasa, parhezga, dam olish va mehnat rejimiga rioya qilmasa, istisqo nevropatiyaga o’tib ketadi. Homiladorlar nevropatiyasi odatda istisqodan so’ng vujudga keladi. Nevropatiyaning asosiy belgisi shish, qon bosimining oshishi va siydikda oqsil paydo bo’lishidan iborat. Nevropatiyada homilaning rivojlanishi buziladi, bola chala yoki o’lik tug’ilishi mumkin. Nevropatiyada ayol kasalxonada davolanadi, oldi olinmasa u osonlikcha preklampsiyaga o’tib ketadi. Preklampsiyada ham nevropatiyadagi kabi shish, qon bosimining oshishi, siydikda oqsil paydo bo’lishi bilan birga bemorning boshi qattiq og’riydi, ko’zi xiralashadi,ko’z oldida chivin uchayotganga o’xshab ko’rinadi; ko’krak ostida og’riq paydo bo’ladi; ko’krak ostida og’riq paydo bo’ladi. Bosh og’rib, ko’z xiralashuvi miyada qon aylanishiningjiddiy buzilganligidan dalolat beradi. Bemor vaqtida davolanmasa, preklampsiya yanada og’irroq kasallik – eklampsiyaga aylanib ketadi. Eklampsiyada tutqanoq tutadi, bemor hushdan ketadi. Eklampsiya homiladorlikda asosan tug’ruq vaqtida, ba’zan chilla davrida ham uchraydi. Odatda ayollarda eklampsiyadan oldin istisqo, nevropatiya,preklampsiya alomatlari ro’y beradi. Ba’zan eklampsiya alomatlari ro’y-rost ko’zga tashlanmaydi, ularni vaqtida aniqlash juda qiyin. Shu sababli eklampsiya go’yo bexosdan paydo bo’lgandek bo’ladi. Eklampsiyada tutqanoq tutish alomatlari (yuz va qovoq muskullari tortishganda) paydo bo’lganda darhol tez yordam chaqirib, u kelgunicha bemorni havosi toza qorong’uroq uyga yotqizib, tinch qo’yiladi. Tutqanoq tutganda bemorning birorjoyiga shikast yetib qolmaslik chorasini ko’rish lozim; u tilini tishlab olmasligi uchun og’ziga bandiga doka o’ralgan qoshiq solib qo’yiladi; tutqanoq xuruji o’tib ketgach bemorning so’lagi nafas yo’llariga tushmasligi uchun og’zini toza salfetka bilan artib olinadi. Eklampsiyada o’pka shishishi yoki miyaga qon quyulishi tufayli ayol hamda homila nobud bo’lishi mumkin.
Homiladorlik toksikozlarida kasallikning formasiga qarab davo qilinadi. Oldini olish uchun homiladorlik davrida gigienaga rioya qilish (to’g’ri dam olish va mehnat qilish, ratsional ovqatlanish), ayollar konsultatsiyasi nazoratida bo’lish, homiladorlik toksikozlariga olib keladigan kasallikni o’z vaqtida davolatish lozim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6