Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra har yili 200 mln.dan ortiq ayollar homilador bo’ladilar, yarim million ayol homiladorlik asoratlaridan hayotdan ko’z yumadilar.
Homiladorlik(og’ir oyoqlik) – urug’langan tuxum hujayraning ona organizmida rivojlanib, yetuk homilaga aylanishidan iborat fiziologik jarayon. Ayol tuxumdonida yetilib chiqqan tuxum hujayraning erkak jinsiy hujayrasi bilan qo’shilishi (urug’lanishidan) boshlanadi va o’rta hisobda 280 kun, ya’ni 10 qamariy oy davom etadi.
Urug’lanish bachadon nayida ro’y beradi. Urug’langan tuxum hujayra bachadon nayining chuvalchagsimon qisqarishi tufayli bachadon bo’shlig’iga qarab surilib boradi. Ana shu vaqtda u mayin tuklar (vorsinkalar) bilan qoplanib, ko’p hujayrali embrionga aylanadi, o’sha tuklari yordamida bachadon shilliq pardasiga payvandlanib oladi. Shu vaqtdan boshlab homila shakllana boshlaydi va ayol organizmidagi ba’zi sistemalar funksiyasi o’zgarib boradi. Embrionning bachadonga payvandlangan joyida tuklar juda o’sib ketadi vaulardan platsenta, ya’ni yo’ldoshning tarkibiy qismi – bola o’rni hosil bo’ladi, u kindik orqali homila bilan tutashadi. Kindik qon tomirlari bo’ylab platsenta orqali ona organizmidan homilaga oziq moddalar, kislorod kelib turadi va homiladan keladigan almashinuv mahsulotlari chiqib ketadi.
Bachadon naylarining turli kasalliklarida tuxum hujayraning bachadonga qarab surilib kelishiga to’sqinlik qiladigan o’zgarishlar oqibatida tuxum hujayra bachadon nayiga payvandlanib qolishi mumkin, bachadondan tashqari homiladorlik deb shunga aytishadi.
Homiladorlik davrida ayolorganizmida har xil funksional o’zgarishlar ro’y berib, homilaning yaxshi rivojlanib borishi uchun qulay sharoitlar yuzaga keladi. Bu davrda markaziy nerv sistemasi funksiyasi bir qadar o’zgarib, natijada orqa miyaning qo’zg’aluvchanligi pasayadi, bu – bachadon muskullarining bo’shashishi va uning tinch holatda bo’lishiga olib keladi.
Homiladorlik paytida hosil bo’ladigan sariq tana va platsenta homilaning oy-kuni yetib tug’iladigan bo’lishi uchun zarur gormonlar ishlab chiqarib turadi. Xususan platsentadan ishlanib chiqadigan va boshqa gormonlar ta’sirida sut bezlari kattalashib, homiladorlikning oxiriga borganda undan og’iz suti, chilla davrida esa sutkela boshlaydi. Bachadonda ham talaygina o’zgarishlar ro’yberadi; u ham bo’yiga, ham eniga qarab o’sib, platsentaga qon olib keladigan yirik va mayday qon tomirlari nihoyatda ko’payadi. Ayol chuqurroq nafas oladigan bo’lib qoladi, bu – qonning kislorod bilan ko’proq to’yinishini ta’minlaydi. Yurakning qisqarish xususiyati sezilarli darajada kuchayadi. Natijada kislorod bilan to’yingan qon ayolning hayot uchunmuhim organlariga, jumladan bachadoniga tezroq yetkazib beriladi. Buyraklar ham zo’r berib ishlab, ona organizmidagina emas, balki homilada ham paydo bo’lgan almashinuv mahsulotlarini ajratib chiqarib turadi. Ko’mikda eritrotsitlar hosil bo’lishi tezlashadi, ya’ni qon miqdori ko’payadi, qon tomirlari kengayib, gaz almashinuvi kuchayadi. Shu boisdan homilador organizmidagiorgan va sistemalarning normal ishlab turishini ta’minlashhamda homila rivojlanadigan qulay sharoit vujudga keltirish uchun oziq moddalar va kislorod ko’p bo’lishi kerak. Homiladorning ahvoli va o’zini qanday tutishi ko’p jihatdan homiladorlikning normal kechishi, homilaning keyin qanday rivojlanib borishi va bo’lg’usi bolaning sog’lig’ini belgilab beradi. Homilador ayolning biror kasallik (gripp, sil, revmatizm, angina, qandlidiabet, kamqonlik, jigar, bo’yrak, yurak kasalliklari) bilan og’rishi,noto’g’ri ovqatlanishi, kun tartibini buzishi, vrach buyurmagan dorilarni ichishi, chekishi va spirtli ichimliklarni ichishi homila taraqqiyotiga yomon ta’sir qilishi mumkin.
Homiladorlik davrida ko’riladigan asoratlar
Ayol organizmida biror xilo’zgarish bo’lsa, homiladorlik paytida toksikoz ro’y berishi mumkin. Bunda ayol hadeb qusib, o’zini yomon sezadi, ahvoli og’irlashib qoladi, keyinchalik qon bosimi ko’tarilib, badaniga shish keladi. Bunday asoratlar bo’lmasligi uchun mumkin qadar barvaqt (hayz to’xtashi bilan) ayollar konsultatsiyasiga borib, tekshiruvdan o’tishva kerakli maslahatlar, zarur bo’lsa, tegishli davo olish lozim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1