Men esimni taniganimdan buyon bolalar uyida edim... Har bir kunim kechagidek yodimda. 6-7 yoshli qizaloq edim. Hayotni o'zim yashayotgan muhitdan iborat deb o'ylardim. Ya'ni, tarbiyachi opalar, nigohi siniq bolalar...
Ammo tushimda ham ko'rmaganman - uch yoki to'rt kishidan iborat "oila" ni. Buni aqlimga ham sig'dira olmaganman. O'ylashga esa mendagi bilim, tajriba kamlik qilardi. Chunki, hech qachon meni ota-onam bo'lmagan...
Balki bo'lgandir, men eslay olmasman. Lekin shuni aniq ayta olamanki, men ota va ona haqida faqat ertaklarda eshitganman va televizorlarda ko'rganman. Dilimiz og'rimasligi uchun opalarimiz hech qachon ota - ona mavzusida gap ochishmagan. Ammo bu juda kulgili... Ishoning juda ajablanarli holat. Masalan, men ota yoki ona so'zini eshitsam, hech narsani his etmayman. Tan olaman, o'sha damlar mehr qayerda joylashganini ham bilmasdim. Yurak... Nima u? Shunchaki yashash uchun muhim bo'lgan inson azosi. Aynan menda shunaqa edi. Chunki, ko'ksimda "dukkullab" turgan bu yurak, men uchun faqatgina yashash uchun xizmat qilar edi xolos. Endi o'ylasam, naqadar achinarli holatda bo'lgan ekanman. Chunki, boshqalardagi mehr, baxt, hijron, rashk, sevgi degan tuyg'ular menda umuman yo'q edi. Xuddi ichim bo'm-bo'shdek. Hech nimani his etmasdim.
Bolaligimdan boshlab, bolalar uyining erkatoy malikasi edim. Ularning ta'riflashicha, menda bor husn mingtadan bitta insonga berilarkan. Juda yoqimtoy deyishganlarini ko'p bor eshitganman. Ammo bularni his etish ham yo'q edi menda. Oynaga ham deyarli kam qarardim. Sochlarim o'sha damlarda ham xuddi hozirgidek tim qora rang tusda tovlanardi va yagona mening sochlarimgina o'zgacha, ya'ni qo'ng'iroqdek edi(bu atrofimdagilarning fikri edi. Chunki, men uchun bu sochlar shunchaki jingalak qora sochlar edi xolos. Ularning aytishicha, men yurganimda sochlarim harakatlanib, ulardan mayin kuy taralgandek bo'lar ekan?! Bunisi menga qorong'u. Balki shu sababdan ular meni Oisha deb emas, "Qo'ng'iroqcham" deb chaqirishgandir. Nima bo'lganda ham bular men uchun ahamiyatsiz ekanini tan olmay ilojim yo'q).
Oradan taxmina ikki yil o'tdi. Buni aniq ayta olganim sababi - bu orada meni ikki marta tug'ilgan kunimni nishonlagandik. Men adashmasam o'sha vaqtlar 8 yoki 9 yoshda edim. Biz bilan birga Baxtiniso ismli qiz ham tarbiyalanar edi. U mendan 3 yosh katta edi. Lekin bo'y - basti menikiga nisbatan bir muncha kichikroq edi. Barmoqlari shu qadar nozik edi-ki, xuddi sinib ketadigandek. U boshqalardan farqli o'laroq, she'r bita olardi. Balki shuning uchunmi, biroz hardamhayolroq edi. Bir nuqtaga termulib o'tiraverardi. Xoh u go'zal manzara bo'lsin, xoh ahlat uyumi bo'lsin. Unga farqi yo'q edi, uzoq vaqt o'z hayollari bilan yolg'iz qolardi. Hech qachon zerikmasdi ham. Men doim u nima haqda o'ylashiga qiziqardim. U qiz bilan suhbatlashgim, nimalarni hayol surayotganini so'ragim kelardi. Lekin tabiatan jiddiyligim, kirishimli emasligim sabab bunga jazm qila olmasdim. Uni bezovta qilib qo'yishdan, men bilan suhbatlashish unga malol kelishidan cho'chirdim. Ko'p o'tmay ichimdagini Yarangan eshitdi shekilli bunga zamin yaratdi. Ya'ni u qiz menga birinchi bo'lib gapirdi:
-Salom. -dedi u nim tabassum bilan. Ko'zlariga shu qadar og'ir g'am - g'ussa cho'kib qolgandi-ki, ko'nglim buzilib ketdi. Men ham quruqgina qilib: -Salom dedim.
-Qalaysan Oisha? -ismimni unutay debman. Yaqin yillar ichida faqatgina Baxtiniso meni o'z ismim bilan chaqirgandi.
-M...men yaxshiman, raxmat! Siz... nega doim xafasiz? -keskin bergan savolimdan biroz ung'aysizlandim. U esa nozik barmoqlari bilan qo'limdan ohista tutib, o'zi tomon tortdi. Men ham sekin u tomon yura boshladim. Nihoyat u tilga kirdi:
-Kel, kelaqol. Bu yerda o'tirib, ozgina suhbatlashamiz. -men unga qarab angrayib qolganimni ko'rgan Baxtiniso, -Yoki istamaysanmi? -dedi. Men esa hayratda edim. Chunki, u suhbatlashishga chorlagan birinchi inson men edim. U kelganiga 3 yil bo'lgan bo'lsa, hech kim bilan zaruratdan tashqari suhbatlashmasdi. Men uzoq hayolga cho'mganimni sezganimda u meni qo'limni mehr bilan bo'shatib ortga tisarilgandi va "Kechirasan, boraqol" deyishga ham ulgurgandi. Men esa shoshib u o'tirgan o'rindiq oldida tiz cho'kdim va:
-Siz bilan suhbatlashishni ko'pdan buyon orzu qilaman! - dedim ming hayajon va intikish bilan. Chunki uni ranjitib qo'yganimni sezgandim. Bundan hijolat bo'lib, qulay vaziyatni boy berayotganim uchun o'zimni koyidim. U tarafdan sado keldi:
-Oisha, qarshi emasmisan seni bag'rimga bossam? -bu so'zdan g'alati bo'lib ketdim. Chunki, uning ko'zidagi mung va ovozidagi titroqqa dosh berolmadim. Ko'ksimdan nimadur "chirt" etib uzilgandek bo'ldi va shoshilib borib, o'zimni uning bag'riga otdim...
Voajab... Bu qanday tuyg'u-ki, yuragim qinidan chiqay dedi. U meni mehrla bag'riga bosar ekan, nozik barmoqlari sochimni silardi. Tillari pichirlab, "Singiljonim, mehribonim... Jonim meni..." deb pichirlardi. Ko'zlaridan duv-duv yosh oqardi.
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51849560326282&_prevCmd=altGroupMediaThemeComments&tkn=2814
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51849560326282&_prevCmd=altGroupMediaThemeComments&tkn=2814
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1