Hammasi dadamga "Sotka” olib bermasangiz, o‘zimni o‘ldiraman”, deya xarxasha qilgan kunimdan
boshlandi. Axir kollejimizdagi kursdoshlarim qo‘lidan bir emas, bir nech ta "sotka” o‘tib ketdi-yu, manda yo‘q.
Hatto qanday boshqarilishini ham bilmasdim.
-Agar shu turish-sotkasiz yuraversang, uyda qari qiz bo‘lib o‘tirib qolasan,-dedi birga o‘qishga qatnaydigan
dugonalarim ichida Sitora deganlari.Qolganlari afsuslanib tasdiqlashdi.
-Kursimizdan uch qizning to‘yi bo‘ldi. Uchovi ham SMS orqali tanishgan. Hozir qo‘lingda telefon bo‘lmasa it
qaramaydi, to‘g‘ri aytding, Sitti, -dedi Mohinur.
-Moxxi, ko‘ngliga tegadi, demaysan-a? Dadasi olib bermasa nima qilsin? Dadasi zo‘r odam-u, lekin eskicha
fikrlaydi-da, -deya oraga tushdi eng yaqin dugonam, mahalladoshim Fotima. U katta yo‘ldan mahallamizga qarab
burilib ketayotganimda hamdardlik bildirgandek Sittining ortidan gapirdi:
-O‘rgildim, "sotka”li boybichchadan. Dadasi "Ippodrom”da kuni bo‘yi arava tortishini ayam aytgandilar. Bir
ko‘pti ichida aytib izza qilay dedim-u, yana ag‘-bag‘ini o‘yladim. Sani dadang bozorri old biznesmeni, sani yer-u
ko‘kka ishonmaydi. Hayron qolaman, lekin bitta telefonga arzitmaydi. Qizlardi mana bunday chaqib oladigan
gaplarini eshitmaydi-da. Agar ozroq yig‘ib yurgan puling bo‘lsa, manga ber. Sanga telefonimni berib, o‘zim boshqasini olaman. Qayerdan olding, desalar Pottiniki, deysan qo‘yasan.
Men unga javob berishga ulgurmasimdan darvozamizga yetib keldim. Indamay uyga kirib ketdim. Hovlida
dadam uzumlarni xomtok qilayotgan ekanlar. Salom ham bermay, hung rab yig‘lab yubordim. Tokqaychini
qo‘llarida tutgancha dadam kelib boshimni siladilar.
-Gulnora, ona qizim, kim sani xafa qildi? Domlalaringmi?
-Yo‘q,siz xafa qildiyiz, dada. Dugonalarimning ichida past qildingiz? Yer yorilmadi-yu, yerga kirmadim.
Bunaqa sassiq gaplarni eshitganimdan ko‘ra o‘lganim yaxshiydi. Bitta temir qutiga mani arzitmadingiz-a? -deya
dadamning bag‘ridan silkinib chiqdim.
-Iye "sotka”ni janjali degin. Haliyam o‘sha gapni ko‘tarib yuribsanmi? Yoshlarga bu matohni nima keragi
bor. Darsingga halal beradi. Ko‘cha-ko‘yda qulog‘iga telefonini qo‘yib, yoki bo‘yniga osib "risopka” qilib yurgan
qizlarni ko‘rsam, jig‘ibiyronim chiqadi. Man "biznesmen”man, har doim mijozlarim so‘rab turadi. Birovga "zvonok”
qiladigan bo‘lsam, pulini o‘ylab gapni qisqa qilaman. Ular talaba bo‘lib, to manziliga yetguncha gaplashib
ketaveradi. Pulli qaydan oladi? Yoki homiychalari bormi, deb xayoling ketadi, qizim. Ulardan ibrat olma.
-Siz vahimachisiz. Xasissiz, dada. Egri ko‘ngilsiz. Ular yo‘l-ma-yo‘l qo‘shiq eshitib ketadi-ku, -dedim ilk bor
dadamning ko‘zlariga tik qarab.
-Katta yo‘lda qo‘shiq eshitish kerakmi, Guli? Mashinani yo‘liga chiqib qolsa-chi? "Pap” etib, mashina urib
ketsa. O‘zi qizlar yo‘ldayam xayol surib yuradi. Har kuni avariyalar sodir bo‘lyapti, baraka topkur. Hammasiga
shopir aybdor emasdir.
-Bir boshga bir o‘lim. Ajali yetgan Norin tog‘amga o‘xshab yonboshlab o‘tiribam o‘lyapti-ku. Endi
kollejgayam bormayman. Endi mandan qutulasiz. O‘zimni o‘ldiraman.
-Bir "sotka” uchun-a?
-Ha.
-Mani qizim aqlli. Mayda gaplardan ustun turadi. Bolaligidan suzishga qo‘ydim, badiiy kitob o‘qitdim. Oqqorani ajratsin, deb chet ellarga olib bordim. Inglizcha-ruschani, karischani o‘rgansin, dedim. Nazokatli bo‘lsin,
deb pianino olib berdim. O‘qituvchi yolladim. Endi otangni gapidan to‘rt-beshta churvaqa dugonalaringning
xushomadi aziz bo‘lib qoldimi? Ma, simkarta qo‘yib olarsan. Eng so‘nggi rusumdagi "Nokiya”. Lekin, hapsalamni
pir qilding, qizim, -deya dadam telefonning orqasidan sim kartasini olib, qo‘limga tutqazgancha qizarib-bo‘zarib tok
tagiga ketdilar. Dadamni o‘z prinsiplaridan chekinishga majbur qilganimdan biroz dilim xira bo‘ldi. Biroq, ertasi
kuni dugonalarimning "voy-vo‘y” deb angrayib qolganlarini ko‘rib, barini unutdim... Man endi har taraflama kollejda
birinchi edim.
Adashib tushgan qo‘ng‘iroqlar biroz asabimga tegsa-da, endi man uzundan-uzun seriallarni esnagancha,
ayajonimga qo‘shilib ko‘rib o‘tirmasdim. Bitta qo‘ng‘iroq keldimi, ila-chila turib o‘z xonamga kirib ketardim.Dugonalarim bilan qanday kiyinishimizgacha kelishib olardik. Yo‘l-yo‘lakay bir-birimizni rasmga tushirardik.
Yigitlardan qo‘ng‘iroq kelsa, tanishaylik desa har xil mazax so‘zlar bilan ustidan kulardik. Shu-shu biz barimiz
telefon jinnisiga aylangandik. "Testni o‘ylama, telefon orqali birorta ustozimiz aytib turadi. Pulini bersak bo‘ldi-da,
deya bir-birimizni repititorga borib vaqt sarflab o‘tirma”, deya yo‘ldan urardik.
Oradan uch oy o‘tdi. Bitiruv imtihonlari, diplom ishi boshlangan paytlarda bir yigit qo‘ng‘iroq qildi.
-Allo, Dilya! Uning ovozi juda yoqimli va o‘ktam edi.
-Dilyamasman, Gulyaman, siz kimsiz?
-Ha Gulya, uzr sizzi Dilya debman. Anovi qora sochli dugonangiz bor-ku, ko‘zlari katta-katta?
-Hm,Pottimi?
-Ha. Uni nomeri o‘chib ketibdi. Aytvorasizmi?
-Sizzi tanimadim-ku?
-Taniysiz. Ismimni o‘zingiz eslamaguncha aytmayman. Qizlar mani unutishsa juda xafa
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51849560326282&_prevCmd=altGroupMediaThemeComments&tkn=2814
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51849560326282&_prevCmd=altGroupMediaThemeComments&tkn=2814
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев