Bizdan yiroqda edi,
uzoqda – garmoniya.
Dialogni men
ochdim, u esa davom
etdi.
Uchrashuv
belgiladik,
Ozgina vaqtlar
oʻtdi.
Tuygʻular esdan
chiqqan…
Yuzma-yuz oʻtirdik
biz.
Oʻylanardik
ikkimiz,
Sevgidan qolganmi
iz.
Unda yangicha
hayot,
Oʻzgacha bir
maniya,
Men bilan Toshkent
boʻlsa,
U bilan Ispaniya!
Mening ustimda
soddagina mayka,
U-chi? –
Boshidan
oyogʻigacha –
Prado, Rollex,
Gucci...
Seni yaxshi
tushunaman,
Men bilan nima
koʻrding?
Befoyda
sheʻrlarimmi,
Sanoqdagi har bir
tiyin,
Jahldagi qichqiriq,
Sevgi izxor… Shu
xolos!
Intilib kutganingdan
Olarding doimo oz.
U esa – boshqa
dunyo!
Quruq gap
gapirmaydi,
Jahlda baqirmaydi,
Pulda
maydalashmaydi!
Men kelardim
sovgʻasiz,
U esa – gullar bilan!
Sevgim bilan
koʻmardim,
U esa – pullar
bilan...
Boshingni qotirma,
mayli,
Oʻzi shundoq
hamma yon!
Gaplarim yolgʻon
boʻlsa,
Men ham qilmasdim
bayon.
Unda Audi,
toʻrtinchi,
Yonida valyuta
koʻpincha.
Oʻtmishni esdan
chiqar!
Mana endi prestij
ham
Bir kun kelib
koʻrasan!
Aslida xato qilding,
Sevgi pulga sotilmas,
Muhabbatni xor
qilding!
Baxt degani
pulmikan? –
Deya ikkilanaman!
Oʻz yoʻlingni
tanlading-ku,
Men nima qila
olaman?
Yoʻq unda daryo
pullar!
Shivir aytib
qoʻyasan…
Sevgi qiziqtirmaydi
Deya javob
berasan…
Oʻylanib koʻrgin
bir bor,
Haliyam imkoni
bor...
Sen esa jimlik
saqlab,
Birdan solib ketding
dod!
Yana shu isterika,
Yana oʻsha panika!
Goʻyoki sen
farishtayu,
Men aybdor bariga!
( haa!)
Qoʻlidagi mobili
sindi,
Sochilib ketdi tekila.
Ovozing gʻazab
bosib –
Yana oʻsha eski
gap! –
Koʻzlaringga yosh
olib…
Qara, e`tiborsiz –
sen!
Hayotda mazmuning
yoʻq!
Lazzatsiz – hayot!
Seni deb!
Nima, hali men
aybdormanmi,
Boylikka sen oʻch
boʻlsang!
Seni koʻtara
olmayman!
«Jim boʻl!»
«Ovozing
oʻchsin!...»
Tomchilar tushgan
koʻzingdan…
Gʻazab tushmagan
yuzimdan…
Birdan tugadi bu
drama…
Uyma-uy ketgandi
hamma…
Aybsiz – ikkalamiz,
Shunchaki turlimiz
biz!
Senga baxt pulda
boʻlsa,
Menga edi ikkimiz...
m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupJoin&st.groupId=54681064374294
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев