Kichkinagina, atiga ikki
oylik chaqaloq özining ixchamgina
krovatida uyqudan uyg'ondi. Uning
oyisi ikki daqiqa oldin magazinga sut
olib kelish uchun yugurib chiqib
ketgan. Chaqaloq yig'lay boshladi. U
uzoq yig'ladi. Uning yonida yotgan
dadasi kecha tundagi öyin-kulgudan
og'riyotgan boshini zörg'a kötardi va
bög'ilib qolgan ovozi bilan baqirdi:
"Jim böl, yig'lama!!!" Gödak
töxtamasdan yig'lashda davom etdi.
Dadasi: -Uxlagani qöyasanmi yöqmi,-
de diyu yonidagi yostiqni chaqaloq
tomon uloqtirdi. Chaqaloq ön
soniyadan söng yig'lashdan töxtadi...
15 daqiqa ötgach magazindan kelgan
onasi chaqaloqning krovati yoniga
kelib baqirib yubordi. Yostiq
chaqaloqning ustiga tushgandi. Ona
yostiqni olib hushidan ketdi.
Kichkinagina, atiga ikki oylik norasida
gödak közlari ochiq qolganicha bu
dunyoni tark etgandi...
U özining kichkina qölchalari bilan
yostiqni olib tashlamoqchi ham
bölgandi. Lekin...
Nariroqda kechagi maishatda
"charchagan" dadasi esa uxlashda
davom etardi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2