savollarga beparvo
javob qaytarib borardi. Bölajak
turmush örtog'i
bilan gaplashib ketar, lekin uning
gaplariga e'tibor ham qilmasdi.
Qizning asosiy
e'tibori atrofida bölayotgan
hodisalar: suvning bir
ma'romda oqishi-yu bahor
gullarining daraxtdan
asta uzilib
shamollarda har tomonga
uchishida edi. U tezroq
suhbatni
yakunlab, telefonni öchirishni
istardi. Uning yuragi bezovta
urar, har galiday suv böyida töyib
yig'lashni istardi. Lekin aksiga
olib Kamol telefonni qöya
qolmasdi:
-qolmasdi: -Nega shu vaqtda
köchaga
chiqding?
-O'zim... Siqilib ketdim.
-Qayerdasan?
-Suv böyida...
Yigit shu javobni eshitmaslikni
juda xohlagandi.
-Mayli... Ehtiyot böl, xöp,- kulib
qöydi yigit. Qiz beparvogina
"xo'p" deb javob qaytardi. Yigit
gap orasida bir haftadan
keyin töyimiz dediyu, seni
sevaman deb qöshib qöydi. Qiz
indamadi. Unashtirilganliklariga
qaramay yigit shunday javob
bölishini kutgandi.
-Körishguncha.
-Xöp... Qiz telefonni öchirdi-yu suv
böyidagi yog'ochdan yasalgan
eski örindiqa borib ötirdi.
Uzoqlarga termuldi, anhor
mavjlaridan xotiralarni izladi,
közlari yoshlandi. Yuragiga og'riq
solgan yigitni, uning tabassumini,
sözlarini esladi.
Shu payt uzoqda töxtagan
mashina uni hayratga solib qöydi.
Bu ösha... Ismi Shohrux, 6 oy
avval söngi marta körgandi. Yigit
unga yaqinlashdi.
-Salom, qalaysan?
-Salom, rahmat yaxshi...
Yigit ham örindiqqa ötirdi va
nigohini anhorga qadadi.
-Töying bölayotganmish... -Ha, bir
hafta qoldi
Sukunat chökdi oraga.
Ikkalasining hayolida ham bir
savol edi: "Nega u bu yerda?
Unutmabdi..."
Ikki yil oldin Shohruxni uyidagilar
majburan uylantirishgan, Madina
unda hali yosh edi. Ammo yigit
kelinni sevmasdi, unga befarq,
sovuq muomala qilardi. Yashab
ketolishmadi, darrov ajrashishdi.
Yigit faqat Madinani sevardi. Uni
unuta olmas, sog'inardi.
-Iltimos töyni qaytar,
uyingdagilarni
köndiraman,- dedi yigit shularni
eslab.
-Buning iloji yõq... -Nimaga?
-2 yil oldin shu yerda nima
degandiz menga?
Yigit shunday degandi: "Seni
jonimdan ham ortiq sevaman.
Sensiz yashay olamanmi yöqmi
bilmayman. Lekin inson har doim
ham özini öylolmaydi, ota-onamni
ra'ylarini qaytarolmayapman.
Muhabbatimiz pok, lekin
taqdirimiz bir emas ekan. Iltimos,
meni kechir..." -Bu ish xato edi.
Sensiz yashay
olmadim, bundan keyin ham
shunday bölib qoladi.
-Endi kech...
Yana sukunat chökdi. Qalblarda
esa böron bölmoqda edi. Ikki
yurak xuddi yonma-yon emas,
million kilometr uzoqdadek bir-
biriga talpinardi. Qiz ketishga
chog'landi:
-Yaxshi qoling...
Yigit uni qölidan ushlab töxtatdi. -
Meni hamon sevasanmi?
-Endi nima foyda...
-Iltimos ayt
-Yöq!
Yigitni yuragidan nimadir chirt
etib uzildi. Qizning qölini qöyib
yubordi. Madinaning yuziga yosh
dumaladi. U yolg'on gapirdi.
Sevardi! Rosayam sevardi!
Taqdirga
tan berib ajraldilar...
Töy kuni yigit közlarida yosh bilan
mashinani suv böyiga haydab
ketdi. Hammasini öyladi.
Rostdanam usiz yasholmasdi.
Chöntagida bir quti uyqu dori bor
edi...
Madina tinmay yiģlar, hamma
bunga tabiiy
holdek qarardi. Faqat, Kamol uni
körib hammasini tushundi...
Shohruh og'ir nafas olar, zörg'a
pichirlardi: sevmayman dedi,
sevmaydi... Shu vaqtda teli
jiringladi.
Telefondan Madinaning yig'i
aralash xursand ovozi eshitilardi:
-Shohrux aka, töy bölmadi.
Eshityapsizmi, endi birga bölamiz.
Sizni hech qachon tashlab
ketmayman. Qayerdasiz, suv
böyidami? Hozir
boraman...
Aloqa uzildi. Yigitning közlari
yumilib ketar, bir qölidan telefon,
boshqasidan böshagan dori
qutisi qumloq ustiga tushib ketdi.
U sönggi nafasda bor kuchini
töplab jilmaydi va mahzungina
pichirladi
"sevarkan"......!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7