Dovudni Xudo yuksaltirgan, Yoqubning Xudosi moy surtib, shoh qilgan uni, Dovud Isroilning suyukli qoʻshiqchisi boʻlgan. Dovudning oxirgi soʻzlari quyidagilardir: “Egamning Ruhi men orqali gapirdi, Tilimdan Uning kalomi toʻkildi. Isroil xalqining Xudosi men orqali soʻzladi, Isroilning ishongan Qoyasi menga shunday deb aytdi: «Insonlarni adolat bilan boshqarayotgan, Xudodan qoʻrqib shohlik qilayotgan inson Bamisoli tong shafagʻidir, Musaffo tongda nur sochayotgan quyosh kabidir, Nurlari yomgʻirdan soʻng tuproqda maysa undirar.» Xonadonim Xudo oldida shunday emasmi?! Chunki U men bilan abadiy bir ahd tuzgan, Bu ahd har tomonlama ishonchli, mustahkamdir. Albatta gʻolib boʻlishim uchun, har qanday tilagimga yetishim uchun, U shak–shubhasiz menga madad beradi. Shakkoklar uloqtirilajak tikan kabidir, Chunki ularni qoʻl bilan ushlab boʻlmas. Tikan yigʻmoqchi boʻlgan kishi Temir asbob yoki nayzaning sopidan foydalanar. Tikanlarga oʻt qoʻyib, kulini koʻkka sovurar.”
https://www.youtube.com/watch?v=hUb2o82PHIo #mudofaa #mudofaavazirligi #armiya #armiyauzbekistan #askar #harbiy
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев