Shoulning boshqa qizi Mixal esa Dovudga koʻngil qoʻygan edi. Buni eshitgan Shoul xursand boʻldi. “Dovudga Mixalni beraman, qizimni berib, Dovudni tuzogʻimga ilintirib olaman, Filistlar esa uni oʻldiradi”, deb oʻyladi. — Endi bu safar qulay fursat yetdi, menga kuyov boʻlasan, — dedi Dovudga Shoul. Keyin Shoul aʼyonlariga: — Dovudga, shoh sendan xursand, hamma xizmatkorlari ham seni yaxshi koʻradi, shohga kuyov boʻladigan payting keldi, deb yashirincha aytinglar, — dedi. Shoulning aʼyonlari bu gapni Dovudga yetkazishdi. Dovud esa shunday javob qaytardi: — Men kambagʻal, arzimas bir odam boʻlsam, shohga kuyov boʻlish, sizlar aytganday, osonmi?! Aʼyonlar, oʻz navbatida, Dovudning gaplarini Shoulga yetkazishdi. Shoul shunday amr berdi: — Dovudga, shoh gʻanimlaridan oʻch olmoqchi, shuning uchun qalinga yuzta Filistning sunnat terisidan boshqa narsa istamaydi, deb aytinglar. Shoul shu yoʻsinda Dovudning Filistlar qoʻliga tushib nobud boʻlishini rejalashtirgan edi. Aʼyonlar Shoulning aytganlarini Dovudga yetkazishdi. Dovud, oʻshanda shohga kuyov boʻlishga haqli boʻlar ekanman–da, deb sevindi. Belgilangan kundan oldin, Dovud va uning odamlari borib, ikki yuzta Filistni oʻldirdi. Dovud oʻldirilgan Filistlarning sunnat terisini bitta ham qoldirmay, shohga keltirib berib, shohning kuyovi degan nomga munosib ishlarni bajardi. Shundan soʻng Shoul qizi Mixalni Dovudga turmushga berdi. Shoul endi aniq bildiki, Egamiz Dovud bilan birga ekan, qizi Mixal ham Dovudni sevar ekan. Shunday qilib, Dovuddan yanada hadiksirab, umrining oxirigacha unga dushman boʻlib qoldi. Filist beklari qachon hujum qilsalar, Dovud Shoulning boshqa lashkarboshilariga qaraganda ortiq zafarga erishardi. Shu sababdan Dovud katta shuhrat qozondi.
https://www.youtube.com/watch?v=hUb2o82PHIo #mudofaa #mudofaavazirligi #armiya #armiyauzbekistan #askar #harbiy
...Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев