Ey umrim javhari davlatim Otam
Dillari quyoshdur mehribon Otam
Sizga izdoshdurman abadul-abad
Shul sabab ko'nglim shod g'rurim
Otam
Bu dunyo sinovli yolg'onchi dunyo
O'tgaydur umrlar misoli daryo
Do'st degan ulfatim bo'lsada ammo
Bo'lolmas siz kabi dartkashim Otam
Sizning-la bordurman ichra keng
jahon
Shukrumni e'shitsin ul buyuk Rahmon
Qalbingiz og'ritib bo'libman nodon
Doimo kechirgan rahimli Otam
Bog' ichra gurkirar chamanzor ravon
Tinmagay har nafas mehnatkash
bog'bon
Mehnatila ayladiz siz meni inson
Siz mening qo'li gul bog'bonim Otam
Bilsangiz yurarman osmonda doyim
Siz borsiz omondur ko'kdagi boshim
Shubha yuq aytarman har yerda
so'zim
Tog' kabi sarviqor osmonim Otam
Joningizga jon bo'lolmas afsus bu
jonim
Bo'lsa e'di berardim sizga bor umrim
Insho Olloh ko'rgaysiz gullagan
bog'im
Nuri ila yoritgan jahonim Otam !!!
Qurbon
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев