Предыдущая публикация
Termular eshikka ko'zlarda yoshi.
Turarga, yurarga yetmas bardoshi,
Bo'lsang sen chin farzand,
XABAR OLSANGCHI... !
Bir seni suyangan tog'im degandi,
Neki topsa yemay, senga bergandi.
Farzandim deb-faqat seni suygandi...
Bo'lsang sen chin payvand,
XABAR OLSANGCHI... !
Naxot, xabar olish shunchalar malol,
Non-tuzi ko'r qilur, topasan zavol,
Oqpadar bo'larsan, bir kun ehtimol,
Bo'lsang sen chin dilband,
XABAR OLSANGCHI... !
Shunchalar xo'rlimi otang, tuqqaning.
Shumidi xayotdan sening uqqaning,
Osh bo'lmas bilib qo'y, aslo yiqqaning,
Vijdoninga bermay pand,
XABAR OLSANGCHI... !
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев