ko’chib kelgan oiladagi bir
qizning nomidan gapirib
beraman: Biz yoz kunlarining
birida shahar chekkasidagi
mahallalarning biridagi uyga
ko’chib keldik. Uyni sotib
olganimizda uy chala
tamirlangan edi. Biz uyga ko’chib
kelmasimizdan oldin uni
tamirladik. Nixoyat ko’chib ham
keldik. Biz oilada 4 kishi edik,
dadam,oyim, men va ukam. Men
16 yoshda edim ukam esa 12
yoshda. Dadam bilan oyim
ishlashardi uyda faqat
yakshanba kuni bo’lishardi. Uyda
ko’pincha man yolg’iz qolardim.
Ukam esa maktabda o’qirdi
maktab mahallamizga uzoq joyda
bo’lgani uchun amakimlarnikidan
qatnardi uyga kam kelardi. Hulas
bir kuni man o’qishdan qayttim
eshikni ochib uyga kirdim.
Vannaxonaga kirsam rakvina xo’l
edi. Hayron qoldim ahir uyda
hech kim yo’q edi. Qanaqasiga
rakvina xo’l bo’ladi yoki suv
jo’mragi nosozmikin suv
oqqanmikan deb o’yladim. Keyin
ovqatlandim ozgina TV ko’rdim.
Oshxonada idish
yuvayotganimda ichkaridan
gumburlagan ovoz eshitildi.
Cho’chib kettim. Nima qilishni
bilmay qoldim. Xuddi musiqaning
BASS ovoziga o’xshash edi. Sekin
ichkaridagi xonalarga qaradim
hammasi tinch edi. Keyin biroz
uyqim keldi. Xonamga kirib
yottim. Endi uyquga ketay
deganimda eshik oynasida
kimnidur aksi ko’rindi. U qora
shlyapada edi. Menga kulib
qarardi. Men shok xolatiga
tushgandim. Qattiq baqirdim. U
yo’q bo’lib qoldi. Men o’zi
qo’rqinchili ujas kinolarni ko’p
tomosha qilardim. Balki shunga
uyqisrab ko’zimga ko’ringan
shekilli deb o’yladim. Uyquga
kettim.Keyin onam ishdan
qaytdilar. Onamga bo’lgan
voqeani aytdim. Onam esa
kuldilar sen qo’rqinchili filmlarni
ko’p ko’rasan shunga ko’zinga
ko’ringandur dedilar. O’sha kuni
kechqurun uyda hamma bor edi.
Kechki ovqatni hammadan vaqtli
yedim chunki dars qilishim kerak
edi. Xonamga kirdim. Kitob
daftarlarimni olib stol ustiga
qo’ysam vannaxonadan meni
kimdur chaqirganday bo’ldi.
Ukam bo’lsa kerak deb haa dedim
baland ovozda. Keyin
xammomdan bir gumburlagan
ovoz keldi. Ukam sirpanib
yiqilgan bo’lsaya deb
havotirlanib bordim. Eshik yopiq
edi chiroq ham o’chiq sekin asta
eshikni ochsam ichkarida hech
kim yo’q. Shu payt xammomdagi
ko’zguga ko’zim tushdi. Ko’zguda
qora shlyapali odamning aksi
ko’rindi menga kulib qarab
turardi. Qo’rqib baqirib yugurib
ketib qoldim. Dadam oyim nima
gapligini so’rashdi men bo’gan
voqeani aytim. Dadam
xammomga kirib qaradilar hech
kim hech nima yo’q edi. Ko’zinga
ko’ringan deyishdi. Men qo’rqib
dars ham qila olmadim. Kech soat
22:00 edi uyqim keldi. Ukam
xonasiga kirib ketti men xonada
yolg’iz uxlashga qo’rqdim. Oyim
bilan uhlashga yottim. O’sha kuni
kechasi tush ko’ribman tushimda
o’sha qora shlyapali qob qora
kiyinib olgan kishi meni
xonamga kirib qo’limdan qattiq
ushlab tunda ko’chaga olib chiqib
ketgan emish. Men qancha
qarshilik qilsam ham meni sudrab
tunda bir qabristonga olib
boribti. Bir qabr tepasida turgan
emishman. Qabr toshda o’sha
qora shlyapali odamining surati
bor edi. Shu payt haligi qora
shlyapali odam menga qaradida
yo’q bo’lib qoldi va men baqirib
uyg’onib kettim.Uyquga
ketishdan avval onamning
yonlarida edim. Uygo’nib
qarasam bir o’zim o’z xonamda
yotar edim. O’ng qo’lim achishib
og’ridi. Qarasam qo’lim qizarib
ketgan, qandaydur barmoq izlari
bor edi. Biroz o’tib izlar yo’qoldi.
Qo’rqib yig’lab yubordim.
Tushimda o’sha qora odam meni
qo’limdan ushlab sudragan edida.
Hammasini ota onamga aytib
berdim. Ular meni buvimni
uylariga jo’natishdi. O’qishdan
chiqib buvimni uylariga
boradigan bo’ldim endi yolg’iz
qolmayman deb hursand bo’ldim
o’zimcha. Bir kuni buvim
qo’shnini uyiga ish bilan chiqib
kettilar uyda yolg’iz qoldim.
Qorong’u tushgandi yuvinish
uchun vannaga kirdim. Oynaga
qarab tursam suv jildirab oqa
boshladi. Ortimga qarasam bir
qora kiyingan odam vannada
yotardi. Ko’zlari qip qizil bo’lib
vahimali nigox bilan kulib qarab
turardi. Men qattiq baqirib
qochib chiqib kettim. Ko’cha
eshik taqilladi buvim bo’lsa kerak
deb ochdim qarasam o’sha qora
odam turar edi. Qolganini
eslolmayman ko’zimni ochsam
shifoxonada yotgan emishman
qattiq qo’rqqanimdan
xushimdan ketib qolibman. O’sha
voqeadan keyin dadam
politsiyaga habar berdilar. Men
politsiaga o’sha odamni yuzni
tasvrlab berdim. Ular fotorobot
qilib chizib uni surishtirishdi.
Hammasi malum bo’ldi. U odam 5
yil oldin vafot etgan biz ko’chib
kelgan uyda oldin ijarada
yashagan ekan. U sirkda
fokuschi bo’lib
ishlagan,vannaxonaga o’ta mast
xolatda kirib cho’milayotganda
uxlab qolgan, nafas yo’llariga suv
tiqilib o’lgan ekan. Nimaga aynan
menga uning sharpasi
ko’rinyapti desam politsiya
hodimlari yuz ko’rinishi huddi
menga o’xshab ketadigan bir
sevgilisi bo’lgan ekanligini
aytishdi. U ham o’sha uyda
ijarada yashagan ekan. U qiz
fokuschi vafot etgandan keyin
boshqa davlatga ketib qolgan
ekan. Hulas hammasi malum
bo’lgach biz u uyni sotib boshqa
yerga ko’chib kettik. Buni so’zlab
bergan qiz yangi uyiga ko’chib
ketganidan keyin 1 haftadan
o’tgach olamdan o’tibti. Malum
bo’ldiku qiz yangi uyida
vannaxonasida suv to’ldirib
yotgan joyida cho’kib o’lgan.
Ekspertizachilar uni kim
cho’ktirib o’ldirgani yoki qanday
qilib o’lganini aniqlay olishmabti.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3