Qiz ham unga befarq emasdi.
Faqat qizda yigitning sevgisiga
nisbatan ozgina shubha bor edi.
Ular anhor yoqalab ketib
borishardi. Yigit odatdagidek
qizga uni sevishini, uning uchun
hamma narsaga tayyor ekanligini
aytdi. Qiz bölsa yuzini anhor
tomonga burdi va u ham
odatdagidek istehzoli jilmaydi.
Shu onda miyasiga kelgan fikrdan
qizning özi ham quvonib ketdi.
Qiz yigitning sevgisini sinab
körish uchun özini chökayotgan
qilib körsatishga qaror qilgandi.
Qölini yuvish uchun anhor
chetiga kelgan qiz göyoki "oyog'i
sirg'anib" suvga tushib ketdi. U
ustalik bilan hovuz örtasiga yaqin
joyga ötib oldi va xuddi özini
chökayotgan qilib körsata
boshladi. Buni kuzatib turgan
yigit avvaliga nima qilishni
bilmasdan jim turib qoldi. Keyin
sevgilisini qutqarish uchun hech
ikkilanmay özini suvga otdi. Qiz
buni zimdan kuzatib turardi. Yigit
özini suvga tashlagan mahalda u
sevinib jilmaydi va sekingina
pichirladi: "Sevarkan..." Qiz rol
öynashda davom etdi va
"qahramoni"ning yoniga kelishini
kuta boshladi. Lekin qizning
chökayotganligini körib hech
ikkilanmasdan, Xudoga tavakkal
qilib özini suvga tashlagan ösha
"qahramon" suzishni bilmasdi va
allaqachon anhor tubiga chökib
ketgandi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев