Avgust oyi ohirlaridan boshlab Angliya premier ligasiga start beriladi. Har doimgidek orziqib kutilayotgan mavsumda "favorit"larning ishtiroki to'g'risida fikr yuritmoqchimiz!
MANCHESTER CITY (amaldagi chempion. Imkoniyat: 80%)
Dastlab o'tgan mavsum qahramonlariga to'xtalsak! "Shaharliklar" yakunlangan mavsumda muvaffaqqiyatli top surishdi deyish mumkin! Har qalay APLda chempion bo'lish har qanday jamoaga ham nasib etavermaydi. Lekin besh qo'l barobar emas! Siti ChLni boy beribgina, Angliyada zafar quchdi. Ha, hozirda Manchesterliklarda yaxshi jamoa shakllangan. Ko'pchilik muhlis va mutahassislar Pellegrini shogirdlaridan yana "chempionlikni" kutishmoqda! Lekin bu oson bo'lmasligi aniq. Chunki raqiblar anchayin kuchli!
ARSENAL
(Imkoniyat:60%)
"Qadim" zamonlardan beri chempionlik nima ekanligini bilmay kelayotgan"kanonirlar"ni har yili "favoritlar" qatorida bo'ladi. Sababi oddiy! U yerda yaxshi jamoa shakllangan. Yulduzlar, Murabbiy, Rahbariyat... Barchasi o'z o'rnida. Ammo klub "xarakteristika"ga ega emas! Shuning uchun har bir mavsum "qurbon" qilinaveradi. Biroq bu mavsumda Venger shogirdlari o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan ko'rinadi! Ulkan haridlarni bunga misol qilib ko'rsatish mumkin. Ko'ramiz O`zil o'z jamoadoshlarini ilhomlantira olarmikan!
LIVERPUL (Imkoniyat: 65%)
Ortda qolgan mavsum Liverpullik muhlislar yodida qoladigan bo'ldi! Chunki klub anchadan beri ko'rsatolmayotgan o'yinni namoyish qildi. Natija esa-ijobiy. ChL yo'llanmasi. Jamoa bu mavsum ikkita frontda kurash olib boradi. Ularning APLni yutishidan ko'ra kuchli to'rtlikka kirish imkoniyati yuqoriroq. Ustiga-ustak Jamoa yuragi Luis Suares klubni tark etdi. Lekin "mersisaydliklar" yangi transferlar ustida ish olib borishmoqda! Liverpul "motivatsiya" tanqisligiga uchramasa, ularda ham imkoniyat yetarli!
MANCHESTER UNITED (7-o'rin. Imkoniyat:50%)
O'tgan mavsumda "mankunianlar"ning "pachog'i" chiqib ketti. "Dabdala" qilingan mavsumdan so'ng Yunaytedga ishonch yo'qoldi go'yo. Bu yil ular ChLda ishtirok etmaydi (qanday sharmandalik!!!). Shuning uchun ularda Angliyada zafar quchishi uchun imkoniyat bor. Jamoaning yangi murabbiyi Lui Van Gal "nimadur" qilishga intilmoqda. U klubni eski darajasiga olib chiqmoqchi. Ko'ramiz...
CHELSI (3-o'rin.Imkoniyat:80%)
Chempionlik uchun asosiy da`vogar sifatida e'tirof etilayotgan London klubi. Darhaqiqat Mourinyo ortda qolgan mavsumda yaxshigina jamoa shakllantirdi. Eng muhimi o'z o'yin uslubiga ega bo'ldi. Klubga yangi futbolchilar kelib qo'shilishdi. Bir so'z bilan aytganda, Angliya chempionligi uchun "mukammal variant". Lekin klubga "motivatsiya" yetishmaydi ba'zi holatlatda. "Special one" bu kamchilik ustida ishlayotgan bo'lsa ne ajab. Jamoa kutilgan muvaffaqqiyat ostonasida turibdi. Buni qalban his qilmoqdamiz! Katta ishonch bilan yangi mavsum Chelsiniki!
Biz faqat tahminlar bilan o'rtoqlashdik. Kelajakda nima bo'lishi esa faqat Yaratganga ayon!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев