Ayollarga
Tarang, baquvvat, chiroyli, nozik
va silliq teri bilan... Bunday
ko'kraklarni har bir ayol orzu
qiladi. Ayollar faxri hisoblanadi.
Quruq orzular bilan ish
bitmaydi, hech qanday harakat
qilmasdan turib orzularni
ro'yobga chiqarib bo'lmaydi?!
Mo''jizaviy vositalar yo'qligini
hamma biladi, ammo ko'krak o'z
shaklini yaxshi saqlashi uchun
ba'zi bir harakatlarni amalga
oshirsa bo'ladi. Muntazam
ko'krak parvarishini teri
o'zining tarang va sog'lom
ko'rinishini yo'qotmasdan turib
qancha erta boshlasangiz,
shuncha yaxshi
natijagaerishasiz. Kosmetik
vositalarning eng yaxshisi - har
kuni sovuq suvda parvarish
hisoblanadi. Bunda qon
ta'minlanishi yaxshilanadi, qon
tomirlari va terini elastik va
tarang bo'lishiga olib keladi.
Cho'milganingizda, sovuq suv
bilan ko'kraklaringizni chaying.
Undan ham yaxshisi - kontrast
suv quyishlarni qo'llang.
Cho'milishdan oldin so'rg'ichlar
atrofini aylana harakatlar bilan
uqalash maqsadga muvoffiq. Bu
qon aylanishini faollashtiradi.
So'ng teriga albatta krem surtib
chiqing. Ko'krak terisi o'ta
sezuvchandir va namlik
yo'qolishiga ta'sirchandir, har
kungi krem surtishlar teriga
ortiqcha e'tibor emas, balki
zaruratdir.
Kompress
Shaklini yo'qotayotgan ko'krakka
kontrast kompresslar yordam
berishi mumkin - galma-gal
mo''tadil issiq va mo''tadil sovuq
suvni sochiq yordamida ho'llash.
Bunda issiq suvga ozroq tuz,
sovuq suvga esa vino sirkasi yoki
limon sharbati qo'shiladi. Avval
issiq -sochiqni tuzlangan suvdan,
ozroq siqib ko'krakka, tagidan
boshlab 30 soniyaga qo'yiladi.
Keyinesa sovuq kompress 1
daqiqa qilinadi. Bu ikki jarayon
10 marta qaytariladi. Muolaja
sovuq kompress bilan tugatiladi.
Ko'krak uchun kerakli yordam
O'ta tor va noqulay byustgalter
ko'krakka ziyon yetkazadi. Agar
u "burishtirib" yoki belda
yuqoriga sudralib chiqsa, demak
o'lchamingiz noto'g'ri tanlangan.
Avvalan bor, byustgalter to'la
ko'krakka zarurdir, aks holda
terini cho'zilishiga olib keladi.
Agarda sizning ko'kragingiz
kichkina bo'lib, sport bilan
shug'ullanayotganingizda undan
voz kechmaganingiz ma'qul.
Ayniqsa keskin harakatlarni
talab etuvchi sport turlarida,
masalan tennis, aerobika,
yugurish yoki basketbol yoki otda
yurish. Shuni ham aytib o'tish
kerakki, noto'g'ri tanlangan
byustgalter, bosh og'rishining
sabablaridan biri bo'lishi ham
mumkin! Elastik sportiv
byustgalterlar ayni muddaodir,
ular ushlab turishi bilan birga
harkatlaringiz doirasini
kamaytirmaydi. Choksiz turlariga
e'tiboringizni qaratganingiz ham
to'g'ridir. Ular juda ham qulay.
Ko'krak massaji
Maxsus gimnastika va massaj
yordamida siz ko'kragingiz
o'lchami yoki shaklini
to'g'rilashingiz mumkin. Massaj -
taranglikni va terining
elastikligini saqlash usullarining
foyda beruvchi usullardan
biridir. U sababli qon aylanishi
yaxshilanadi, limfalarning
chiqishi kuchayadi, moddalar
almashinuvi yaxshilanadi.
Hozirgi paytda osilib va burishib
qolgan ko'kraklarni tortib
taranglashtiradigan, ko'krak
atrof terisining tiklanishiga
yordam beruvchi maxsus krem va
bal'zamlar xilma-xilligini
ko'rasiz. Massaj qila turib, har
doim teri va mushaklaringizga
ta'sir qiladigan kuchingizni
to'g'ri taqsimlang. Bunda
professional massajistga
murojaat qilganingiz ma'qul.
Qilinishida eng sodda va eng
samarali massaj turlaridan biri
bu akva yoki gidromassaj
hisoblanadi.
Suv teriga yumshoq va
ehtiyotkorlik bilan ta'sir etib,
mushaklar tonusini oshiradi.
Qo'yilgan maqsadga qarab bu suv
oqimi, vanna, kompress, kontrast
suv quyishlar bo'lishi mumkin.
Suv oqimi yordami bilan masaj
bajarishingiz bilan,
ko'kraklaringizni "ushlab"
turuvchi mushaklarni
kuchaytirasiz. Doimiy massaj
ko'kragingizga chiroyli va
tortilgan shaklini beradi.
Shunday qilib, "suv oqimi"
variantini ko'rib chiqamiz. Eng
asosiysi - muolajani
doimiyligidir. Uni har tong
o'tkazganingiz ma'quldir. Juda
bo'lmaganda haftada 3-4 marta.
Bu ko'krak mushaklarini
tortilishiga yordam berib,
ko'krak atrofi qon aylanishini
yaxshilaydi, hujayralar va
to'qimalarda moddalar
almashinuvini kuchaytiradi, shu
bilan ularning yangilanishini
ta'minlaydi. Uni qanday qilib
to'g'ri qilish kerak? Oldindan
oqim kuchini to'g'rilab olib, uni
ko'kragingizga yo'naltiring.
Ko'krakka ziyon etmasligi uchun
oqim juda kuchli bo'lmasligi
kerak, hamda juda ham kuchsiz
bo'lmasin, bunda erishiladigan
natijaga erishmasligingiz
mumkin. Suvning harorati
xohlaganingizdek bo'lishi
mumkin, sizga noqulaylik
yaratmasa bas. Suv oqimini
aylana harakatlar bilan
yo'nalishini yuqoriga qiling.
Ko'krak osti va qovurg'alar
orasida harakatlarni intensiv
qiling, chunki aynan shu joylar
ko'krakning baland turishiga
javob berishadi. So'rg'ichlar va
ularning atrofiga suv bosimini
yo'naltirmang. Aynan shu
joylarda teri juda ham nozikdir.
Oqimni bir tekisda, ravon
yuqoriga, keyin qo'ltiq ostiga,
so'ng ko'krakning o'ziga
qaytaring.
Muolajaning davomiyligi 8-10
daqiqani tashkil qiladi.
Chayinganingizdan keyin
yaxshilab artining va
ko'kragingizga maxsus ko'krakni
tiklovchi bal'zam yoki ozuqaviy
krem surting. Siyrak oqim
massaji ham yaxshi hisoblanadi.
U teriga ko'proq ta'sir qilib, nerv
tolalarini jonlantiradi, shu bilan
birga teri va so'rg'ichlar
sezgirligini oshiradi. Bu massaj
quyidagicha bajariladi: oqimni
aylanma harakatlar bilan
qovurg'alardan yelkangizga
qarab yo'naltiring, tomoq ostini
qo'shgan holda. Muolaja 15-20
daqiqani tashkil qiladi. So'ng suv
oqimi ostida turing, terini momiq
sochiq bilan namini tortib,
oziqlantiruvchi krem surting.
Yana bir yaxshi ijobiy
natijalarni beruvchi massaj turi -
dengiz suvi bilan bajarishdir.
Uning foydaliligini eshitgan
bo'lsangiz kerak. Lekin buning
uchun dengiz sohiliga
borishingiz shart emas. Dengiz
tuzini dorixonadan olib, quyidagi
proporciyada, ya'ni 100 g 1 l
suvga, vanna to'ldiriladi.
"Kichkina dengizda" taxminan
15-20 daqiqa yoting, so'ng engil
massaj qilishni unutmang.
Maxsus gimnastika
Yaqinda tug'gan ayollar uchun
ko'krakni yaxshi shaklda
saqlanib qolishi uchun jismoniy
mashg'ulotlar ayniqsa muhim
ahamiyatga ega. Quyida
keltirilgan mashg'ulotlar
ko'kragingizni deyarli tez muddat
ichida (bir necha oyda) yaxshi
holatga keltiradi.
Mashg'ulotlarni har kuni 15-20
daqiqa bajarganingiz ma'qul.
1. Mashq . "Otjimaniye"
Qo'llarni yelkalardan sal
kengroq qo'yish kerak. Oyoqlar
va bel bir tekis chiziqni tashkil
qilishi kerak. Barmoqlar
to'g'riga, tirsaklar esa yonga
yunaltirilgan bo'ladi. Tirsaklarni
oxirigacha to'g'rilash shart emas.
To'g'rilanishida nafasni
chiqaring, egilganida nafasni
ichingizga torting. Bu mashqni
yerdan qilishga qiynalsangiz,
boshlanishiga stuldan qilib
ko'ring. Bittada 10 marta qilishga
harakat qilish kerak.
2. Mashq. Tizzaga turib
"otjimaniye" qilish. Bilaklar
yelka ostida, barmoqlar oldinga
yo'naltirilgan, tizza bilan yerga
turamiz. Qolgani 1-mashqdagidek
qilinadi.
3. Mashq. To'g'ri turing, oyoqlar
yelka barobarida. Kaftlaringizni
birga oldingizda qiling,
barmoqlaringizni yuqoriga
qiling, tirsaklaringiz
ko'kraklaringiz baroobarida
bo'lsin. Ikki marta, "bir,ikki"
hisobiga kaftlaringizning pastki
qismini qattiq siqing. "Uch"
hisobiga barmoqlaringizni
o'zingizga qarating, "to'rt"da -
kaftlaringizni to'g'rilang,
"besh"da - qo'llaringizni
tushiring, "olti"da qo'llaringizni
oldingizda yig'ing. Shunday 5-10
marta qiling.
4. Mashq. Qo'llaringiz
barmoqlarini birga
chirmashtiring. To'g'ri turing,
oyoqlar yelka barobarida bo'lsin.
Tirsaklardaegilgan qo'llaringizni
yuzingiz barobariga ko'taring.
Barmoqlaringizni bir biri bilan
qattiq chirmashtiring. Keyin
keskin harakatlar bilan
qo'llaringizni har xil taraflarga
qarata harakatlantiring. Mashqni
10-12 marta qaytaring.
5. Mashq. Qo'llaringiz bilan
aylana qilishga harakat qiling.
Birga sinxron yoki ketma-ket
qo'llaringizni oldinga va orqaga,
"sakkiz" sonini konturlarini
harakatingizda bajarib ko'ring.
Shu bilan birga gantellar bilan
ishlashingiz, turnikda
tortilishingiz va maxsus
korrektorlash trenajerlarda
fitness-markazlarida
shug'ullanishingiz mumkin.
Gantellar va turniklarning yana
"salbiy" ta'siri - qo'llaringiz va
yelkalaringizni chiroyli bo'lib
ketishidir. Keyingi savolesa,
qanday qilib yosh onaga bularni
bajarish uchun vaqt ajratishidir,
bolasiga qarasa, uy yumushlarini
qilsa, oilasini o'ylasa, shu bilan
birga ustiga ishlasa. O'zingiz
sezgan bo'lsangiz ham kerak,
gantel va fitnesslarning
go'zallikni saqlashda katta
ahamiyat kasb etmaydi, eng
asosiysi bu - tirishqoqlik va
doimiylikdir.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 38