Bu dunyoda kimlar hayron bo'lib o'tdi,
Kimlar yig'lab, yana kimlar kulib o'tdi.
Kimning qo'yni puch yong'oqqa to'lib o'tdi,
Men shunchaki o'lish uchun tug'ilmadim.
Goho nafsim iymonimdan ustun keldi,
Osmon qadrim goho egni yupin keldi,
Bu hayotdan har ne kutsam bugun keldi,
Men shunchaki o'lish uchun tug'ilmadim.
Yor kuyida ming yugurib yelibman-da,
O'zni tuproq, yorni osmon bilibman-da,
Olov bo'lib sevgan bo'lsam sevibman-da,
Men shunchaki o'lish uchun tug'ilmadim.
Ko'z sehridan ko'ksim yondi, hushdan ozdim,
So'z sehridan qon dilimga malham bosdim,
Qarang, axir yurak yutib she'rlar yozdim,
Men shunchaki o'lish uchun tug'ilmadim.
Sen ham endi qonga buncha bo'lma tashna,
Birozgina o'z holimga qo'ygin oshna.
Azroilim, jon olishga biroz shoshma,
Men shunchaki o'lish uchun tug'ilmadim.
Gina qilmang, sizni darddosh uqsa jonim,
Ko'ksingizga so'ramay bosh suqsa jonim.
Armonim yo'q Vatan deya chiqsa jonim,
Men shunchaki o'lish uchun tug'ilmadim.
Iftixor Xonxo'jayev
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
Bu dunyoda kimlar hayron bo'lib o'tdi,
Kimlar yig'lab, yana kimlar kulib o'tdi.
Kimning qo'yni puch yong'oqqa to'lib o'tdi,
Men shunchaki o'lish uchun tug'ilmadim.
Goho nafsim iymonimdan ustun keldi,
Osmon qadrim goho egni yupin keldi,
Bu hayotdan har ne kutsam bugun keldi,
Men shunchaki o'lish uchun tug'ilmadim.
Yor kuyida ming yugurib yelibman-da,
O'zni tuproq, yorni osmon bilibman-da,
Olov bo'lib sevgan bo'lsam sevibman-da,
Men shunchaki o'lish uchun tug'ilmadim.
Ko'z sehridan ko'ksim yondi, hushdan ozdim,
So'z sehridan qon dilimga malham bosdim,
Qarang, axir yurak yutib she'rlar yozdim,
Men shunchaki o'lish uchun tug'ilmadim.
Sen ham endi qonga buncha bo'lma tashna,
Birozgina o'z holimga qo'ygin oshna.
Azroilim, jon olishga biroz shoshma,
Men shunchaki o'lish uchun tug'ilmadim.
Gina qilmang, sizni darddosh uqsa jonim,
Ko'ksingizga so'ra...Ещё* * *