Предыдущая публикация
Yuragimning qorni och qoldi,
Mehr bering bir to'yib yesin.
Bevafoni sog'inib toldi,
Bas, endi u kerakmas, desin.
Yuragimning qorni och qoldi,
Muhabbatdan osh damlab bering.
Hayot nomli sixim bor unga
Baxt go'shtidan bir kabob tering.
Yuragimning qorni och qoldi,
Hidin hidlar bo'm-bo'sh to'rvasin.
Bo'lsa bering bir piyolacha,
Ichib olsin ishonch sho'rvasin.
Yuragimning qorni och qoldi,
Rahm qiling saqlab qolsin jon.
Berib turing bir burdagina
Umid nomli suvi qochgan non.
Yuragimning qorni och qoldi,
Pok dilda pok niyat bo'ladi.
Shu zamonda axir ochlikdan
O'lib qolsa uyat bo'ladi.
Iftixor Xonxo'jayev
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев