Dadam kunora ichib kelardilar va
yana oyimni tinmay kaltaklardilar.
Men bu xolatni ko’p kuzatdim va
chiday olmadim bugun!
Ularni ximoya qilaman deb
dadamni mitti q o’llarim bilan ura
boshladim. Dadam esa
menga qarab ustimdan kulardilar.
Shu payt qo’shni amaki ajratish
uchun kelib qoldilar. Dadam esa u
tomon pichoq bilan ketdilar.
Men xech narsaga tushunmay
onamga qarasam burchakda jim
yotardilar ko’zlari yumuq xolatda
edi. Go’yoki uxlab qolgandek
edilar.
Men ularni oldilariga bordim.
Uxlayapdilar deb o”yladim.
Turguzmoqchi bo’ldim.
Keyin esa nima bo’lganini
eslolmayman…
Yana bir amaki «alo militsiyami
bu?» deb baqirayotgan edi.
Oradan bir muddat o’tib bir xola
meni qo’limdan ushlab olib ketdi.
So’ngra
meni bir galati joyga olib bordi.
U ayol menga qarab «Endi sen
shu yerda yashaysan. Bu yerda
ҳamma senga aka-uka opa-singil,
qorovul amaki sen uchun dada,
men esa xolang, oshpaz xola esa
barchamizga ona
buladi.
Dadang sendan ancha uzoqda,
endi u seni xafa qilmaydi, onang
esa farishtalar kabi yorug’
osmonga uchib ketdi» dedi.
Men asta yotdimda o’ylana
boshladim «nima sababdan
mendan uzoqlarga uchib
ketdilar? endi qachon kelarkinlar.
tezroq kelsinlar birga ketamiz»
deya uxlap qoldim va shu
kungacha onamni intiqlik bilan
kutyapman!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев