Mayli cho'ntagimda pulim qolmasin,
Keraksiz mol dunyo istamam ammo,
Allohim, hech kimga kunim qolmasin!!!
Ishi bitgach eshik yopganlar qancha,
Sal egilsam turtib o'tganlar qancha,
Ortimdan toshlarin otganlar qancha,
Allohim, hech kimga kunim qolmasin!!!
Gohi iltimosdan yuzim sarg'aydi,
Yalinishlar poraga ham aylandi,
Ichimda o'z ko'nglim meni qarg'aydi,
Allohim, hech kimga kunim qolmasin!!!
Kimlardir non berib joning ko'zlaydi,
Xar bir so'zlarida yolg'on so'zlaydi,
Tirnoqdan kir titib xato izlaydi,
Allohim, hech kimga kunim qolmasin!!!
Yaxshilik qilganda javob kutmadim,
Sadaqa ulashib savob kutmadim,
Pinhona sevdim-u, ishqni kutmadim.
Allohim, hech kimga kunim qolmasin!!!
Bugun dilim to'lib turganda so'zga,
Sendan bir marhamat tilaydi qarzga,
Bilasan panoh yo'q bir sendan o'zga,
Allohim, hech kimga kunim qolmasin!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев