Tört yil
sakkiz oy qilgan jinoyatim uchun
jazo ötadim. Qamoq hayoti
özgacha. Lekin shunday fayzsiz
dargohda ham otashin qalblarni
kördim. Biz ösha yigit bilan qalin
döst bölib qolgandik. U uzoq
muddatga qamalgandi.
Bilishimcha mashinada bir
"kattakon"ni turtib
yuborgan. U uylanganiga bir yil
ham tölmay turib qamalgandi.
Ikkimiz deyarli bir vaqtda
qamoqxonaga kelganmiz. U
qamalganida xotini og'iroyoq edi.
Ota bölganini eshitganida u bilan
bitta kamerada edik. Öta samimiy,
oqköngil yigit edi u. Uni
xotinining suratiga qarab hayol
surib ötirganini köp marta
körardim. Ha, u rafiqasini
judayam sevardi... 16-iyun. Uning
uchun alohida muhim sana edi
bu. Xotinining tug'ilgan kuni...
Xotini 4 yil
davomida har safar shu kunda
uni körishga kelardi. Boshqa
kunlar u rafiqasiga
qamoqxonaga
kelishga ruhsat bermasdi. Ehtimol
siqilishini istamagandir. Uning özi
ham shu sananing kelishini bir yil
kutib yashardi. Tört devor orasida
kutish qanday azob ekanligini
faqat boshdan ötkazganlar biladi.
Lekin u sira dardini bildirmasdi.
16-iyunni kutayotganini bilardim
xalos.
Sönggi yil xotini kelganida u juda
xafa holatda kirib keldi. Ikki kun
umuman tuz totmadi. Keyin
bilishimcha xotini qandli
diabetning og'ir turiga chalinibdi.
Doktorlar shol bölib qolishi
mumkin deyishibdi. Nega
ularning boshiga bunaqa og'ir
kunlar
yozilganini öshanda ham
tushunmasdim, hozir ham bu
haqda öylab öyimga
yetolmayman. Qani edi ularni
baxtli körish nasib etganida... Köz
öngimda u tobora
sölib borardi. Keyingi oylar ichida
xotinidan kelgan har bir xat uni
bir yilga qaritardi göyo. Uning
közlarida umidsizlik uchqunlagan
edi ösha kezlarda. Ketishim
ma'lum bölgach u bilan
quchoqlashib xayrlashdim.
Ukamdek bölib qolgan yigitga
bardam bölishni, hammasi yaxshi
bölishini tushuntirdim. Chiqib
uning oilasidan xabar oldim.
Uning salomini oilasiga
yetkazdim. Ularga Allohdan
bardosh tiladim. Keyin öz
shahrimga ketdim. Oradan 3-4 oy
ötdi. Tonggi gazetalarning birini
öqirkanman qamoqxona
haqidagi bir maqolaga közim
tushdi. Unda qamoqxonadan
kasalxonada og'ir yotgan xotinini
körish uchun qochmoqchi bölgan
bir maxbusning otib
tashlanganligi haqida yozilgandi.
Yuragim jizillab, gazeta sanasiga
qaradim: 16-
iyun....
(Manba: "Status: Umr
manzaralari" gr. Avtor: Zarif
Ayubov)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 6