Ro'mol ichra berkingan chiroy,
Hijolatda qolar hatto oy, Jannatlarda
qurilsin saroy, Munis singlim, muslima
singlim! Hasad qilsa sizga be yuzlar,
Tillarida shaytoniy so'zlar, Qalbiz faqat
jannatni ko'zlar, Munis singlim, muslima singlim! Shim kiyganni hayosi
bormi? Islom yo'li ularga tormi? Sizdek
qizlar dunyoda bormi? Munis singlim,
muslima singlim! Yuragingiz pokdur
bunchalar, Namozlarda yig'lab
kechalar, Ibrat olsin sizdan nechalar, Munis singlim, muslima singlim!
Nomahramga boqmas ko'zingiz,
Ma'nolidir har bir so'zingiz, Onam sizsiz,
opam o'zingiz, Munis singlim, muslima
singlim! Tinglamaysiz aslo qo'shiqlar,
Yo'lingizda har xil to'siqlar, Xor bo'lsinlar nodon fosiqlar, Munis
singlim, muslima singlim! Seriallarni
vaqtin kutmagan, Hayosizni do'st ham
tutmagan, Robbisini hech unutmagan,
Munis singlim, muslima singlim!
Qorilarga bo'ling siz ona, Ona bo'lsin sizga qaynona, Er xizmatin qiling
mardona, Munis singlim, muslima
singlim! Farzandizga ona bo'ling siz,
Biri o'g'il, biri bo'lsin qiz, Tanlab tanlab
topganim yolg'iz, Munis singlim,
muslima singlim! So'zlarim chin menga ishoning, AKAJONIZMAN garchi siz
toning, Jannatiysiz shundan quvoning,
Munis singlim, muslima singlim!
Ibodatdan topib halovat, Qilasizlar
qur'on tilovat, Baxtimizga bo'ling
salomat, Munis singlim, muslima singlim...♥
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев