SEVISHGANLARGA
TEGISHLI (11) SABAB☺☆
Sevgi odamni o'zgartiradimi?
Sevgi odamning ochilmagan
qirralarini ochadi:
1. Ko’zni ham ko’r, ham o’tkir
qiladi: bir tomondan sevgani
kamchiliklarini ko’rmay qoladi, ular
juda ko’p bo’lsa ham. Ikkinchi
tomondan 100 ta odam ichidan
bo’lsa ham uni topib oladi.
2. Quloqni ham kar, ham
lokator qiladi: bir tomondan
sevgani haqida achchiq
haqiqatni eshitishni ham
hohlamaydi. Ikkinchi tarafdan u
telefonda pichirlab gapirsa metroda
bo’lsa ham eshitadi.
3. Oddiy odamni shoirga
aylantiradi: qofiyaga tushmasa ham,
misralardagi bo’ginlar
soni to’g’ri kelmasa ham bir
amallab she’r yozadi. Ba’zilar
hattoki “doston” ijod qiladilar.
4. Odamni qo’shiqchi qiladi:
kayfiyatiga mos qo’shiq
yangrasa jo’r bo’lib kuylaydi
ovozi umuman bo’lmasa ham.
Avjiga chiqqanida esa tomog’i
bo’g’ilsa ham bo’sh kelmaydi.
5. Dangasaga aylantiradi:
sevganini sog`inganida
ishxonasidagi va uyingdagi
ishlarga zo’rg’a qo’li boradi.
6. Hayolparast qiladi: bitta nuqtaga
tikilib o’tiradigan odat paydo
bo’ladi. Kimdir
turtsagina odam yana shu
dunyoga qaytadi, uni baqirib o`ziga
keltirish befoyda.
7. Soat strelkalarini hohlagancha
aylantiradi:
uchrashuv vaqtida juda tez
aylantirsa, sog’inib kutganda sakkiz
soat cho’zadi.
8. Odamni yolg’onchi va
hozirjavob qiladi: bahonalarni o’zi
bilmagan holda to’qib tashlaydi.
Oxirida o’zi ham ishonib ketadi
yolg’onlariga.
9. Chaqqon qilib qo’yadi:
sevgani bilan uchrashuvga
shoshganida boshliq topshirig’i
bo`ladimi, onasini buyurganlarimi
– hamma ishni yumaloq yastiq qilib
bo’lsayam
bir zumda bitiradi.
10. Oynaga qarayveradigan
qilib qo`yadi. Magazinni vitrinasimi
yoki avtomobil
oynasimi farqi yo’q. Sochini
to’g’rilab olsa bo’ldi. Yo’ldagi
ko’lmak ham yarayveradi.
Ba’zida telefon ekrani ham
o’chgan holatda oyna vazifasini
bajaradi.
11. Bedor qiladi: izoh shart
emas to’g’rimi. Yana bir ajoyib
tarafi – bor-yo’g’i ikki soat uxlagan
bo’lsa ham darrov uyg’onadi
telefonga SMS keldimikin deb.
Boshqa payt tepasida nog’ora
chalsa ham eshitmaydi.
YIGITLAR UCHUN YANA ALOHIDA
5 SABAB:
1. Uddaburon qiladi: pulga qiynalib
yurgan bo`lsa ham
guldasta va sovg’aga amallab
topadi.
2. Qo’rqmas qilib qo’yadi: yarim
kechasi bir marta derazadan
sevganining chehrasini ko’rish
uchun begona maxallaga borishga
hech ikkilanmaydi.
3. Sahiy qiladi: “Qaytimi
kerakmas” degan gap odat
bo`ladi. “Bo’ladigani qancha?”
degan savollar borligini unutadi.
4. Bulbuligo’yo qiladi: gap
qayerdan toshib chiqayotganini
bilmay qoladi. Boshqa payt
“Allo. Ha. Yo’q. Hayr” deb qisqa
gaplashgan odam endi bir soat
bemalol gaplasha oladi. Yaxshiyam
aloqa operatorlari har 59 minutu
59 sekundda
o’chirib turadi. 2-3 daqiqa
pauza esa juda kerak bo`ladi
ba`zan.
5. Afisha va menyu bilimdoniga
aylantiradi: qaysi kinoteatrda soat
nechida nima kino, qaysi
kafeda nima ovqat borligini
yoddan biladi.
VA QIZLAR UCHUN HAM YANA
ALOHIDA 5 SABAB:
1. Super pazanda qiladi: antiqa
taomlar pishirishga undaydi. Faqat
bir kamchiligi bor: ovqat
yoki sho’r yoki tuzi past bo’ladi.
Oshning guruchi yo tirik yoki lanj
bo’lib qoladi.
2. Kayfiyatlarni juda tez
o’gartira oladi: bir kuladi, bir
yig’laydi. Atrofdagilar tushunolmay
hayron.
Sumkachda doim ro’molchalar
zapasi yuradi. Albatta yigitining
dastro’moli ham. Uyda yuvib,
dazmollab, o`z atiridan sepib
qaytarib berish uchun.
3. Fotomodelga aylantiradi:
agar ilgari ikkita ko’ylakdan
bittasini tanlashdaqiynalgan
bo’lsa endi 20 ta libos ichidan ham
tanlay olmaydi.
4. Juda quvnoq qiladi: ilgari
boshqalardan eshitsa ensasi
qotadigan hazillarni sevganidan
eshitsa mazza qilib kuladi, hattoki
kulguli bo’lmasa ham.
5. Bir o`zi yurganda yuzida
baxtli tabassum paydo bo’ladi:
ko’pincha kelin liboslariga va
chaqaloqlarga qaraganida shirin
orzular qiladi... (Albatta sevgi
odamlarni o’zgartirish sabablari
bundan
ham ko’p. Ichida yaxshilari
bo’lgandek, yomonlari ham bor.
Har kim o’ziga yaqinini
tanlaydi. Lekin shuni unutmaslik
kerakki, halollik
bilan sevgan insoniga yetishish
yo’lini tutganlar xato qilmaydilar va
oxir-oqibat baxtli bo’ladilar.
Inshoolloh...!!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев