uchrashuvning MUMKIN va
MUMKINMASlari...
Ilk uchrashuv odatda o’ta hayajonli
kechadi (ammo bu ba’zan yigitning
yoki qizning tajribasiga bog’liq).
Qizarish, hajayonlanish, hech
gapirmagan gaplarni gapirib
yuborish yoki gapirishga gap topa
olmaslik, hullas bir talay noqulay
vaziyatlar, o'zbekcha qilib aytganda
"qovun tushirish"lar birinchi
uchrashuvga hos xislat. Qiziq, mana
shunday noqulay vaziyatga
tushmaslikning iloji bormikan? Ilk
uchrashuvdan muvaffaqiyatli o'tib,
yaxshi taasurot qoldirish siri
nimada? Quyida berilgan birinchi
uchrashuvning MUMKIN va
MUMKINMASlari haqidagi misli
ko’rilmagan tavsiyalar aynan siz
uchun. Bu qoidalarga amal qilib,
o’sha inson bilan ikkinchi bor
uchrashuvga chiqishni qo’lga
kirtsangiz, bizga tashakkur bildirish
shart emas. Sizning
muvaffaqiyatingizni olisdan bo'lsada
his qilamiz.
Tavsiyalar:
1) Hayollarga berilish MUMKINMAS!
Har bir odamni birinchi uchrashuv
oldidan hayajonlanishi tabiiy, lekin
bunga real qarang. Birinchi
uchrashuvdan ko’p narsa kutmang.
Agar ilk uchrashuvdan kamroq
narsa kutsangiz, uchrashuv
kutganingizdan a’lo bo’lsa, bu sizga
xaqiqiy tuhfa, bo’ladi buninng aksi
bo’lsa, siz tushkunlikka tushib
qolmaysiz.
2) Kutilmagan syurpriz qilish
MUMKIN! Ilk uchrashuvda yaxshi
taasurot qoldirishning yana bir
yo’li, kutilmagan sovg’a tayyorlash.
Masalan, qizlar uchun o’z qo’lingiz
bilan tayyorlangan biror shirinlik,
yoki ovqat. Yigitlar uchun esa,
qo’shiq kuylash, gitara chalib
berish. Bunday qahramonlik
restoran yoki kinoda jim
o’tirgandan ko’ra, bir biringizni
yanada yaxshiroq o’rganishingizga
imkon beradi.
3) Ortiqcha bo’yanish
MUMKINMAS! Ilk uchrashuvda
me’yordan ortiq bo’yanish, ko’zni
turfa xil ranglarga bo’yash, qarama
qarshi jins vakilida siz haqizda
salbiy fikrlash imkonini beradi. Shu
sababdan iloji boricha ilk
uchrashuvga qora qalam va tush
bilan kifoyalaning. YIgitlar esa
soqol olishni unutmang.
4) Tish cho’pi olib yurishingiz
MUMKIN! Kutilmagan vaziyatlar
bo’lmasligiga hech kim kafolat
bermaydi. Ayniqsa ovqatlangandan
so’ng tishimiz bilan turli
muammolar yuz berishi mumkin,
shu sababdan yoningizda tish
cho’pi, saqich bo’lishi shart. Ular
sizni noqulay vaziyatga tushib
qolishdan asraydi.
5) Ko’p gapirish MUMKINMAS!
Uchrashuvni “shikoyatlar
maydoni”ga aylantirmang. Kasal
mushugingiz, badjahl boshlig’ingiz
yoki bevafo do’stingiz haqida
odamni yuragini siqadigan
mavzularda gapirmang. Undan
ko’ra, unga gapirish imkonini
bering. Unga savollar bering va
diqqat bilan tinglang. Aks holda,
birinchi uchrashuvdanoq uni
yo’qotasiz.
6) Yegingiz kelgan narsani
buyurishingiz MUMKIN! Rostdan
ham yegingiz kelgan bo’lsa, hech
tortinmay buyurtma berishingiz
mumkin. Faqat haddan ortiq yeyish
yaxshimas, noqulayliklar olib
keladi. Yaxshisi, oz-oz yegan
ma’qul.
7) Ilk uchrashuvni psixoanaliz qilish
MUMKINMAS. Ya’ni hayotingizda
qarama-qarshi jinsga nisbatan
(bunda umumilik tushuniladi) biror
ko’ngilsiz holat yuz bergan bo’lsa,
bundan ham shunaqa ko’ngilsizlik
yoki salbiy tomonlarini qidirish,
boshqalarga solishtirish mumkin
emas. Borini boricha qabul qiling.
8) Yaqiningizdan yordam
so’rashingiz MUMKIN! Ilk
uchrashuv oldidan hayajonni
yo’qotishda yordam berish uchun
do’stlaringiz bilan suhbat
qurishingiz mumkin. Ular sizga sizni
qo’llab quvvatlovchi so’zlar aytishi,
ilk uchrashuvda o’zingizga bo’lgan
yanada oshishida yordam beradi.
9) Shaxsiy ma’lumotlarni so’rash
MUMKINMAS! Birinchi
uchrashuvda, qiz boladan "nechta
farzand ko’rishni istaysan", deb
so’rash, yoki yigit kichiga "necha
pul oylik olasan", odatda yoningda
qancha pul yuradi kabi savollarni
berish mumkinmas. Bu kabi shaxsiy
savollarni so’rashga yana imkon
bo’ladi.
10) Birinchi qadamni tashlash
MUMKIN! Agar siz uni ismini
aytishni istasangiz, buni amalga
oshiring. Sababi, ism - inson uchun
dunyodagi eng yoqimli eshitiladigan
narsa. BUni uyat deb hisoblamang.
Uning qalbida sizga nisbatan iliqlik
uyg’onadi.
11) Sobiq yigitingiz (qizingiz) haqida
gapirish MUMKINMAS! Bu
yaxshilikka olib kelmaydi. Siz
yuraksiz, sovuqqon yoki bo’lmasa
yengil tuyulishingiz mumkin.
12) O’zingizga qulay kiyinishingiz
MUMKIN! O’zingizni qiyanb, baland
poshna yoki oyog’ingizni qisadigan
tufli, o’tirish va turishga noqulay
kiyim kiyishdan o’zingizni ehtiyot
qiling. Balki u kiyimlarda siz
chiroyli va xushbichim ko’rinarsiz,
ammo uchrashuv davomida siz
qayerga borishingiz, qanchalik
masofa bosishingiz - bu hali
noma’lum. Shunday ekan, noqulay
kiyim-kechakdan qoching.
Yuqoridagi tavsiyalarga amal
qilsangiz, siz ikkinchi bor
uchrashuvga chiqish yoki taklif
etilish imkoniga ega bo’lasiz.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев