qanday
suhbatlashasiz?..
Insonning fe’l–atvorini, ayni
damdagi kayfiyatini bir qaraganda
bilish qiyindek tuyuladi. Rostdan
ham shunday. Oramizda shunday
odamlar borki, ularning fe’li–
saviyasini, ma’naviy dunyosini ,
harakterini yurish–turishidan,
gaplaridan, gapirish ohangidan bilib
olish nihoyatda mushkul. Ammo,
vaziyat taqozo etganda biz ular
bilan muloqot qilishimiz, zarur
bo’lganda ichki dunyosini
ochishimiz kerak bo’ladi. Ho’sh,
bunday vaziyatlarda nima qilishimiz
lozim? Xar doim birinchi bo’lib
beriladigan maslahat bu–
kuzatishdir.
Agar yaxshilab kuzatib tursangiz,
xar qanday insonning ayni damdagi
kayfiyatini uning imo–ishoralaridan
ham bilib olasiz. Masalan, telefon
orqali gaplashayotgan odamga bir
oz e’tibor bering. Uning imo -
ishoralari ayni vaqtdagi kayfiyatini
va suhbatdoshiga bo’lgan
munosabatini bildirishi mumkin.
1–ko’rinishi.
Telefon go’shagini qulog’iga qistirib
olib, oldidagi qog’ozga qalam yoki
ruchka bilan rasm chizayotgan
odamga gaplashilayotgan mavzuning
umuman qizig’I yo’q. U hayolan
butunlay boshqa tomonlarda
yuribdi. Hatto ayrimlar
suhbatdoshini umuman
eshitmayotgan chiqadi. Bunday
holatni majlis yoki yig’inlarda
ko’rish mumkin.
2–ko’rinish.
Telefonda gaplashayotgan odam
sigareta chekib turgan bo’lsa va
gaplashayotgan mavzu uni
qiziqtirsa, u sigaretasini og’zidan
oladi. Shuningdek go’shakni
qulog’iga mahkamroq tutadi. Agar
jahli chiqsa sigaretani yana
tutashtishni boshlaydi yoki chekib
bo’lmasa ham uni kuldonga qattiq
botirib o’chiradi.
3–ko’rinish.
Qizlar o’zlari yoqtirgan yigit bilan
gaplashayotganlarida tinmay
ko’zguga qaraydilar. Ba’zilari esa
qo’llari bilan yuz ko’zlarini tez-tez
berkitib, silab turadilar. Engiltabiat
qizlatga yigiti qo’ng’iroq qilganda,
ular pardoz qilishlari mumkin. Shu
bilan birga ular sochalarini
tarashlari, lablariga moybo’yoq
surishlari ham ehtimoldan holi
emas.
4–ko’rinish.
Telefonda gaplashayotgan odam
suhbatdan mamnun bo’lsa, stulda
chayqalishi mumkin Bu uning o’ziga
ishonishidan, muammolar bo’lsa,
bemalol hal eta olishidan ham
darak beradi.
5–ko’rinish.
Gaplashayotganda stol tortmalarini
ochib–yopaverish, nimalarnidir
qidirishga harakat qilish insonning
nimanidir o’ylayotgani,
muammoning echimini topishga
harakat qilayotganini ko’rsatadi.
Bunday holatga hato qilib qo’ygan
va boshlig’ining bunga javobini
kutayotgan hodimlar ham tez–tez
tushib turadilar.
6–ko’rinish.
Telefonda gaplashayotgan odamning
birdaniga o’rnidan turib ketishi
biror yaxshi yoki yomon habarni
eshitganidan darak beradi. Agar
telefonda gaplashayotgan odam
o’tirgan joyidan sekin turib, u
yoqdan bu yoqqa yuraversa,
demak, suhbat uning joniga
tekkanini va u suhbatdoshi bilan
tezroq hayrlashish istagida
ekanligini bilish mumkin.
7–ko’rinish.
Agar ayol kishi yerga o’tirib yoki
palosga yotish gaplashayotgan
bo’lsa, bilaveringki, u dugonasining
diydiyolarini eshitayotgan bo’ladi.
Agar go’shakni qo’li bilan berkitib,
bir nimalarnidir pichirlayotgan
bo’lsa, demak, unga o’zining
shaxsiy hayoti
haqidagi«qaynoqqina»habarlarni
yetkazayotgan yoki uchinchi
dugonasining ohirgi«sarguzasht»ini
so’zlayotgan bo’ladi.
8–ko’rinish.
Erkaklar oshna–og’aynilari,
yaqinlari bilan gaplashayotganlarida
odatda qattiq gapiradilar, kuladilar.
Notanish ayollar bilan esa sekinroq
va muloyimroq gaplashishga
harakat qiladilar. Shunga qarab ular
aynan ayol kishi bilan
gaplashayotganlarini bilib olish
mumkin. Ishi yurishmay turgan
erkaklar telefon apparatini ko’tarib
olib, u honadan bu honaga o’tib
yurib gaplashadilar. Agar ishlari
yana bitmaydigandek bo’lsa
go’shakni«qars»etkazib qo’yib
qo’yadilar.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев