Shu statusimni oxirigacha sabr
bn könglizni yashnashidan umidim bor. Iymonli insonlar,toki gunohlarimiz bizni tört tarafimizdan örab olmasdan qöllarimizni ochib duo qilaylik .( Ushbu duolarimni butun olamga tarqatishga bel bog'laganlarni, ikki dunyolari obod bölsin va qöl urgan ishlari gurkirab ketsin iloxim). OMIYN. Yo Rabbim bizdan avval ötganlarni yetti pushtimizni, yetmush pushtimizni va yer yuzidan ötgan jamiki
bandalaringni bilib bilmasdan qilgan gunoxlarini kechgil, ularni avf qil mag'firat qil. Özing buyuk va mexribon Zotdirsan. Yo Buyuk Rabbim bu yorug' olamdan o'tganlarni va olamda yashayotgan jamiki bandalaringni
bilib bilmasdan qilgan gunohlarini kechirgil, tovba qildik, avf qilgil, mag'firat qilgil. Yuraklarimizni qalblarimizni g'amdan xalos et,bizlarni poklagin va chorlagin bizni Özing pok bilgan xidoyat yöliga,
Jannat yöliga, qalblarimizni poklagin iymonimizni mustaxkam qilgin. Bizni gumrohlardan qilma, qalbi körlardan qilma, Yo Rabbim qulfi dilimizni ochgil. bu yorug' olamdan o'tganlarni va olamda yashayotgan
jamiki bandalaringni olamlariyu dillarini obod qilgin. Bizni azoblanuvchilardan qilma. Savob va ezgulik qiluvchilardan qilgil.Qalbimizda ne bölsa faqat Özingagina ayon, Tangrim boshla bizni xaqiqiy
saodatinga iymon yöliga, Jannatingga chorlagin. Bizlarni ikki dunyomizni Jannatinga aylantirib ber Robbim. Qulfi dilimizni ochgil. Borlig'imizni nurafshon ayla, iymonimizni mustaxkam qilgil. Gunohlarimizni kechgil,
avf qilgil, mag'firat qilgil, tovba qildik, tovba qildik, tovba qildik. Shu kundan boshlab San pok deb bilgan amallarni qilamiz Yo Rabbim. 7pushtimizdan ötganlarini qabrlarini ziyorat qilamiz va qabristonlarni
obod qilamiz. Ota Onamizni bizga bölgan mehrlarini, rizoliklarini oshiradigan ishlar qilamiz. Qariyalar uyidagi qariyalarni 4ta non kötarib borib duolarini olamiz, yetimxonadagi yetimlarga ibratli
xikmatli kitoblar sovg'a qilamiz. Mehrga zor bolalar bilan birga o'ynab, ko'ngillarni ko'taramiz. Uzoq yaqindagi qarindoshlarimiz xolidan xabar olamiz, xech yöq bekitiqcha telefonlariga pul tashab qöyib, g'oyibona
savobingga ega bölamiz. Ustozlarimizni, Masjidu Madrasalarda Saning zikringni yod qilayotgan insonlar yoniga 4 ta issiq patir kötarib borib,duolarini olamiz. Qöni- qöshnilarga mehrli bölamiz va xollaridan xabar
olib turamiz. Farzandlarimizni ilmli va iymonli qilib östiramiz. Qalbimizni, uylarimizni, dunyomizni, avvalo tillarimizni ozoda tutamiz.Xechkimga, pora bermaymiz va olmaymiz! Farzandlarimizni pora berib
oliygohlarda öqitmaymiz! Bizlardan qay birimiz ög'irlik qilsak, xalqni rizqini yesak, kasbimizga xiyonat qilsak ikki dunyomizda jazolanuvchilaring safida bölaylik va agarki tezdan tovba qilib
qalbimizni ezgu ishlarga chorlamasak. Davlat idoralarda, shaxsiy korxonalarda, va jamiki ma'sul amallarda ishlayotganimiz, xalq rizqini yesak bolalar rizqini yesak, pora olsak dözzaxing tubidan joy körsatgil
Robbim, va agarki tezdan poklanib xatolarimizni to'g'rilamasak. Bizlardan qay birimiz faxshga qöl ursak, suratlar, videolar tarqatsak,nomahramlar bilan nomussiz munosabatda bo'lsak tanamizni dözzax olovida
yoqgaysan aminmiz. Xalqdan olganimizni, ög'irlaganimizni, tezdan qaytarib bermasak gunohlarimiz ikki olamda yoqqamizdan bug'ishiga
aminmiz. Xalqni noxaq xörlasak, nomusini oyoq osti qilsak, ichkilik ichib birovga ozor bersak, Sening g'azabingga duchor bölaylik, agarki
tezdan tovba qilmasak. Ushbu qiganlarimizni bandalik ahdi va qasamyodi deya qabul etgaysan. Oxiratda, bulardan xabarsiz edik,degulik sözimiz
qolmadi. Özing shohidsan Robbim! Muborak Islom dinini va Robbimiz bizga in'om qilgan Qur'oni Karimni köz qorachig'imizdek avaylab, butun Olamga
va avlodlarimizga xech qanday g'arazlarsiz, urush janjallarsiz, zo'ravonliksiz, toza, sof, gözal tarzda, iymon insofimizni örnak qilgan
hollda yetkazib beramiz. She'rlar, hikmatlar, hikoyalar, hadislar tarzdaUning gözal mazmun- mohiyatini targ'ib etamiz. Va barcha
va'dalarimizga, Sen Olamlar Sarvarini, guvohlikka chaqiramiz.Iloho
xayrli ishlarga bizni boshlagaysan va yaxshi ezgu ishlarimizda özing
madadkor bölgaysan va qilgan amallarimiz savobini, ikki dunyomizda
bisyor qilib bizni Özing va'da qilgan Jannatingga chorlagaysan. ALLOHU
AKBAR deb qölimizni yuzimizga suraylik! Ushbu duoni o'qidan kuningizdan
boshlab unga amal qilmasangiz buning og'ir so'rovi bo'lgay Robbimiz
dargohlarida, agarki tezda tovba qilmasak! Ikki dunyoyingizda azoblardan qutulishimiz uchun albatta
bularga amal qilamiz degan umiddaman!!! Yana bir iltimos Jaxannam olovini xamisha ko'z oldizda tutib. Jannat bog'lariga intiling. Jaxannam azobi qanday bo'lishi tushlarimda ayon bo'ldi. Ollohni guvohlikka chaqiraman xar bir so'zimga. Xudoni shunchalar sevasiz, bunga ishonaman. Har tong ko'zizni ochib osmonga qarang va Sizni tong bilan qarshilagan Zotni, hamdu Sanolar va shukronalar bilan qarshilang. Iymoningiz mustahkam bo'lsin Ilohim! Do'zzaxni Va ikkinchi osmon ochilishini ko'zdim tushimda. Do'zzax shunday namoyon bo'ldi. Bir ayolini keltirishdi, Atlas kuylakda edi sonlari ochiq, Xozirgi paytdagi katta va Qo'rqinchi Musor moshinalari aylanib turardi. Xaligi ayolni otishdi o'sha moshinalardan biriga. U moshina aylanib xaligi ayolni aylantirib parchalay boshlardi, Ayol uyg'oq va tinimsiz qichqirardi. Keyin ikkinchi moshinaga otdi, ikkinchi moshina uning tanasini tilka pora qilar, go'shtlari titilar, ayol ruhi uyg'oq holda qichiqirardi. Ayol tanasi titilib parcha-parcha bo'lib ketgach. Qandaydir chuqurlikka tushirib yubordi moshinalar. Man esa daxshatda qotib kuzatib turardim. Tovbalar qilardim, daxshatda so'rardim Yo Rabbim bu mening joyimmi. Bir ovoz yo'q sen faqat ogoh etguvchidirsan derdi. Yana bir tushimda Biz ko'rib turgan osmon ochilib, yana bir osmon ko'rindi U shunchalar go'zal ediki Buni so'z bilan ta'riflab berolmiyman. Xar bir so'zimga Robbim guvoh. Ko'shkiydi deya tilanaman. Yettinchi osmonnixam ko'rish nasib etsa. Yana bir tushimda yam-yashil zamin U teppamga kelib to'xtadi. qolganini esa so'zlolmayman. Ammo, yurakdan aytaman oxirat aniq, Jannat va Do'zzax albatta bor. Ibodat qilaylik iltimos. Robbimizga hamdlar aytaylik !!! Profilimdegi 2 chi stsnixam o'qib ko'rin iltimos! Ikki kundirki, alloma Bobomiz Islom Karimovni Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch nomli asarlarini o'qiy boshladim. Asarni o'qir ekanman cheksiz savollar qamray boshladi vujudimni... Bu asarda shunchalar ko'p Allomalar va Ularning asarlari keltirilganki, xaqiqatda Ular bilan faxrlansak arziydi! Ammo meni qiynayotgan savollar boshqa Shuncha buyuk allomalarimiz va ularni Olamda tengsiz asarlariborakanu, va chin ma'noda bu asarlar merosxo'rlari bo'lgan Biz yosh avlod, bu asarlarni o'qib ko'rmaganmiz. Nega bog'chada paytimiz... hech bo'lmasa maktabda o'qib yurgan kezlarimiz hech yo'q Oliygohda o'qiyotganimizda, Bu kitoblarni o'qigil unda Buyuk Bobolaring hikmatlari bor, ma'naviyatingni yuksaltiradigan g'oyalar bor deya biror Ustoz Bizni ogoh etmagan. Nega Biz bu asarlarni kitob do'konlaridan sorib ololmaymiz, yoki nega talabalik paytlarim borganimda Olam- olam zavq, tarbiya oladigan Alisher Navoiy nomli kutubxonamni bugun topolmayapman. Nega pul topish, qorin to'yg'azish, tadbirkorlik qilish xaqida televideniya, radio,qo'yinki butun O'zbekistonim jar solmoqdayu, O'zbek bo'lgan, O'ziga bek bo'lgan, nafsiga bek bo'lgan Bobolarim asarlari tilga kirib Biz yoshlarni Ruhimizni to'ydirmayapti? Bugun ozish, semirish, qomatni basharani go'zal qilish, taom tayyorlab qorin to'dirish haqida minglab kitoblar topish mumkinu, Bobom Boxoriyni Hadislar jamlangan Buyuk kitobini qayerdan topishni yoki Аҳмад Фарғонийni «Астрономия асослари ҳақида китоб» asarini, Муҳаммад Мусо Хоразмийнинг ўнлик саноқ
системасини, алгоритм ва алгебра tushunchalari jamlangan asarini, Mirzo Ulug'bekni dunyoni lol qoldirgan asarlarini nega o'qimadik. Абу Исо Муҳаммад ибн Исо
Термизийнинг маънавий мероси, жумладан, «Сунани Термизий»
асари va shunga yaqin milionlab asarlarni qayerdan topishim mumkin buni kim ayta oladi? Axir Biz bu olamga qorin to'yg'azish biznes qilib boylik orttirish kabi yelgil yelpi tushunchalar uchun kelmaganmiz... Bularni o'ylaganim sari Bobom Axmad Yassaviydek yerto'laga tushib yashagim keladi. Axir, Ona bo'lib bolalarimni komil inson qilib, tarbiyalay olmasakanman, Ruhini iymon Nurlari bilan to'yintirish darajasida O'zim tayyor emaskanman, Dunyoga nega keldim O'zi??? Stsimni o'qib tugatgan pokiza inson, iltimos klass o'rniga Dunyodan o'tgan Buva va Buvijonlarimizga, va yer yuzida yashayotgan insonlarga duolaringizni yozib qoldiring. Iltimosim duoingizni Omiyn bilan boshlab Allohu Akbar bilan tugating iltimos! Iltimos yozgan stsimga amal qiling, Web kamera o'rnatilgan ob'ektda noo'rin xarakatlar qilishga qo'rqasizu... Nega Sizni kuzatib turgan Robbimiz xuzurida buni qilishga qo'rqmaysiz??? Ko'p Daholarni o'qidim, Ammo Robbimchalik Buyuk Dahoni bilmadim! Ko'p Rahbarlarni bildim, ammo, joynamoz ustida Insonlarga shafoat va iymon tilayotganchalik Pokiza Rahbarni ko'rmadim. Ko'p Ustozlarni ko'rdim, ammo, Talabasiga Iymonni tanitayotganchalik, Oliy Ustozni ko'rmadim... Ko'p Bobojonlarni bildim, ammo o'z avlodidan yuz o'girganchalik, mehrsiz Bobojonni ko'rmadim. Ko'p Buvijonlarni ko'rdim, ammo bir par nonini, o'zi yemay avval Nevarasiga tutayotgan Buvichalik mehrli Buvijonni ko'rmadim... Ko'p Otalarni bildim, ammo poyida tiz cho'kib, shavqat tilayotgan farzandidan voz kechgan Otachalik vijdonsiz Otani ko'rmadim... Ko'p Onalarni ko'rdim, ammo bolasini bag'riga olib, Iymonga chorlayotgan Onachalik Muqaddas Onani ko'rmadim... Ko'p Farzandlarni ko'rdim ammo, Ota-Onasini yelkasida tutib tahoratga olib borayotganchalik, haqiqiy farzandni ko'rmadim. Ko'p Akalarni bildim, ammo o'z ahli ayolini, singillarini xaromdan, nomahram ko'zllardan bekitib, qanotlari ostida asrayotgan Akachalik Odobli Akani ko'rmadim. Ko'p singillarni bildim, ammo joynamoz ustida O'tganlar Ruhiga shafoat tilab, Akalariga ezgulik so'rayotganchalik Mehribon singilni ko''rmadim. Ko'p qizlarni ko'rdim, Dunyoni xar bir burchagidan iymonini mustahkamlaydigan, Robbisiga yaqin qiladigan kitoblarni izlab topadigan qizlarchalik Bokira qizlarni ko'rmadim. Ko'p ezguliklarni ko'rdim ammo, Dunyoga faxsh suratlar tarqatib xarom videolar tarqatayotganchalik Olloh la'natlagan bandalarni ko'rmadim. Ko'p xurliqolarni bildim ammo, o'z tanasini ko'z- ko'z qilib, suratlarini yoyib nomahramalarning gunohini yelkasiga yozayotganchalik orsiz Ayollarni ko'rmadim. Ko'p she'rlani yodladim, ammo Robbim Menga nafsimni qul qilib ber! deb yozilganchalik, iymonli she'rni topmadim. ( Shu she'rni manashu internetda o'qidim Uni yozgan shoirni Ikki dunyosi obod bo'lsin, Qalbiga solgan Robbimga esa hamdu sanolar bo'lsin)!. Ko'p millatlarni bildim ammo, Biz barchamiz Odam Ato va Momo Xavoni farzandlarimiz deyayotganchalik Buyuk Millatni bilamadim... Ko'p dinlarni ko'rdim, ammo Islom dinichalik mukammal dinni bilmadim... Ko'p kitobxonlarni ko'rdim, ammo shu satatusimni sabr bilan o'qib, O'tganlar Ruhiga duo qilayotganchalik Pokiza kitobxonni ko'rmadim. Iloho ikki dunyoyingiz obod, xayotingiz Ezgulikka to'la bo'lsin!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1