ona va sog‘lom bola yili” deb e’lon
qilindi
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar
saroyida 5-dekabr, shanba kuni
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul
qilingan kunning 23 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish
bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda
O‘zMTRKning “O‘zbekiston” telekanali
“Axborot” informatsion dasturi.
Foto: O‘zA
Unda davlat va jamoat arboblari, fan,
madaniyat va san’at namoyandalari,
poytaxt jamoatchiligi, O‘zbekistonda
faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy
davlatlarning elchixonalari va
xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari
vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom
Karimov tantanali yig‘ilishda
ma’ruza qildi. Prezident kirib
kelayotgan yangi — 2016-yilni
O‘zbekistonda “Sog‘lom ona va
sog‘lom bola yili” deb e’lon qilishni
taklif etdi.
O‘zbekiston Prezidentining bu taklifi
yig‘ilganlar tomonidan gulduros
qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 1997-
yildan boshlab har bir yilga shu davr
ichida taraqqiyotning muhim
yo‘nalishlarini ifoda etadigan nom
berish an’anaga aylangan. 1997—
2015-yillar oralig‘ida yillarga
quyidagicha nom berilgan:
2015-yil — “Keksalarni e’zozlash
yili”
2014-yil — “Sog‘lom bola yili”
2013-yil — “Obod turmush yili”
2012-yil — “Mustahkam oila yili”
2011-yil — “Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik yili”
2010-yil — “Barkamol avlod yili”
2009-yil — “Qishloq taraqqiyoti va
farovonligi yili”
2008-yil — “Yoshlar yili”
2007-yil — “Ijtimoiy himoya yili”
2006-yil — “Homiylar va
shifokorlar yili”
2005-yil — “Sihat-salomatlik yili”
2004-yil — “Mehr va muruvvat
yili”
2003-yil — “Obod mahalla yili”
2002-yil — “Qariyalarni qadrlash
yili”
2001-yil — “Onalar va bolalar yili”
2000-yil — “Sog‘lom avlod yili”
1999-yil — “Ayollar yili”
1998-yil — “Oila yili”
1997-yil — “Inson manfaatlari yili
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1