Yugurdim makonsiz tomonlarga.
Ishondim men öshal yomonlarga,
Dodimni kimlarga aytay Onajon,
Chaqirgin ortimga qaytay Onajon.
May oqqan daryoni yutib yubordim,
Shaytonning uyiga yugurib bordim.
Endichi oydinda yolgizlab qoldim,
Qöling chöz qöllaring tutay Onajon,
Chaqirgin ortimga qaytay Onajon.
Yuragim qörquvdan zor titragan choq,
Makonim bölsa gar tikonli yaydoq.
Ketgandim bilaman men sendan uzoq,
Qandayin manzilga yetay Onajon,
Chaqirgin ortimga qaytay Onajon.
Akam majnuntolni soginib ketdim,
Qora Rayhonlarning qadriga yetdim,
Sizlardan kechishga chidagan betim,
Yulib tikonlarga otay Onajon,
Sogindim ortimga qaytay Onajon.
Tanam muzlar itarmagin quchogingdan,
Qöymasina ösha qora öchog'ingdan,
Asrasin Vatan sening yirogingdan,
Közimdan qumlarni artay Onajon,
Chaqirgin manzilim topay Onajon,
Bagringga özimni otay Onajon
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев