ustida selfiga
tushmoqchi bo‘lgan
qiz tiriklayin yonib
ketdi
Ruminiyada 18 yoshli qiz
poyezd tomida zo‘r selfi
olishga urinib, tiriklayin yonib
ketdi. Bu haqda The Mirror
xabar bermoqda.
18 yoshli Anna Ursu va uning
dugonasi Facebook’dagi
sahifasi uchun vagon tomiga
chiqib, zo‘r selfi olish
maqsadida Ruminiyaning
Yassi shahridagi temiryo‘l
bekatiga yashirincha kirgan.
Vagon tomiga ko‘tarilgan
qizning qo‘li tasodifan qizib
turgan simga tegib ketgan va
u 27 ming volt kuchlanishni
tokni qabul qilgan, natijada
uning libosi yonib ketgan.
Chaqnash zarbi esa qizning
dugonasini poyezd tomidan
yerga uloqtirib yuborgan.
Selfiga tushish ixlosmandi
bo‘lgan qiz tanasining 50
foizdan ortig‘i kuyib ketgani
holda kasalxonaga olib
kelingan va ko‘p o‘tmay shu
yerda vafot etgan. Uning
dugonasi ham kuyish
jarohatini olgan, biroq uning
hayotiga hech qanday xavf
yo‘qligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu “ideal selfi”
olish istagida bo‘lganlarning
xohish-istak qurboniga
aylangani bilan bog‘liq ilk holat
emas. Fevral oyida amerikalik
yigit qaylig‘i bilan temiryo‘lda
selfiga tushmoqchi bo‘lib,
poyezd ostida qolib ketgandi.
Yanvar oyi oxirida esa
Hindistonda xuddi shunga
o‘xshash holatda uch talaba
halok bo‘lgandi.
Deb yozadi Daryo internet nashri.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1