❤Seni sevganlarim yodingga tushsin.
❤Kismating oldida ojiz qolganda,
❤Meni kuyganlarim yodingga tushsin.
❤Sendan baxtlar yuzin bursa yig'lama,
❤Yuraging alamga tölsa yig'lama.
❤Xayotdan umidming sönsa yig'lama,
❤Meni aytganlarim yodingga tushsin.
❤Suyganing yuz burib vafo qilmasa,
❤Bitta shirin sözin ravo körmasa.
❤Va'dalar bersa-yu ammo kelmasa,
❤Meni kutganlarim yodingga tushsin.
❤Qalbingni dardini aritolmasang,
❤Umringni bir kunin yoritolmasang.
❤Kimnidir qiynalib unutolmasang,
❤Alam yutganlarim yodingga tushsin.
❤Köz oldingda yoring xiyonat qilsa,
❤Sen köz yosh töksang- u beparvo kulsa.
❤Atayin yoningda özgani quchsa,
❤Meni körganlarim yodingga tushsin.
❤Mayli men roziman eslamasang xam,
❤Sen qaydasan deb izlamasang xam.
❤Kimgadir bu xaqda sözlamasang xam,
❤Seni sevganlarim yodingga tushsin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев