Qaylarda muhabbat böldi juda xor,
Pokiza yurakga samimiy ishq zor,
Doimo Shukrona qilib aytaman,
Tangrim özi uchratdiku sizni gözal yor.
Daryo böling qirg'oqlari özim bölay,
Chamanzorlar hohlaysizmi gulga öray,
Sizni quvnoq körish uchun men ne qilay,
Tangrim özi uchratdiku sizni gözal yor.
Shamol bölib sochingizni tözg'atay,
Quyoshdayin qalbingizni yoritay,
Taqdir bitib sizni zavjam deb atay,
Tangrim özi uchratdiku sizni gözal yor.
Duo qilib baxtimizni but qilaylik,
Xazon emas bahorlardek biz gullaylik,
Sof muhabbat karvoniga bosh bölaylik,
Tangrim özi uchratdiku sizni gözal yor.
Ortda qolsin endi gulim bedor tunlar,
Sog'nchlarda bezor bölib mahzun kunlar,
Baxt qasriga yetishimga guvoh ular,
Tangrim özi uchratdiku sizni gözal yor.
Muallif: Akbarshox Obidjonov
(Andijonlik Shoir)
Sof Sevgim Uchun...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев