Hali sevgi nima bilmagan Oddiygina qiz toping ona Mayli uncha go'zal bo'lmasin Faqat sevgi nima bilmasin Tunlar allo, allo qilmasin Oddiygina qiz toping ona Qalbi go'zal bo'lsa bo'lgani O'z ahdida tursa bo'lgani Vafo nima bilsa bo'lgani Oddiygina qiz toping ona Bir soatlab bog'da qolmagan Sevib so'ngra dog'da qolmagan Yigitlardan gullar olmagan Oddiygina qiz toping ona Kiyimlari tor bo'lmasin hech Sevgan yori bor bo'lmasin hech Bundaylar kam, bo'lmasidan kech Oddiygina qiz toping ona So'rangchi bir dugonasini Sirdoshiyu yagonasini Avval ko'ring bir onasini Oddiygina qiz toping onam Xullas kalom sizga o'xshasin Hayoldagi qizga o'xshasin Yo'lingizga qalbin to'shasin Oddiygina qiz toping ona Huddi sizdek bormikan yana O'zingizdek qiz toping ona.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев