Xiyobonda, gavjum odamlar orasida telefonda kim bilandir
suhbatlashib ketayotgan yigit
kimgadir urilib ketdiyu telefoni
qölidan tushib ketdi va chil-chil böldi. Yigit telefon bölaklarini
yerdan oldi-yu jahl bilan ösha insonga qaradi:
- Közizga qara.s... Siz?!
Yigitning qarshisida 5 oydan beri qidirib topolmaydigan, ösha,
uning oromini ög'irlab ketgan
uzun sochli qiz turardi. Yigit uni
ösha xayrlashishgan kundan boshlab qidira-qidira hech
topolmasdi. Internetdan, modalar
uyidan, shaharning deyarli har bir hududidan uni qidirgandi. Lekin qiz haqida biron ma'lumot
topilmasdi. Chunki qiz öqirdi, dizaynerlik esa uning sevimli
mashg'uloti edi xalos. Vaqt ötgan sari yigit taqdiriga tan bera
boshlagandi. Haya, taqdir... Mana u qizni yana yigitga
uchrashtirmoqda edi.
- Yaxshimisiz,- qizning yoqimli ovozi hayolini böldi.
- Endi, ha!
- Telefoniz singani uchunmi?
- Yöq... Uni siz sindirganiz uchun.
"Hecham özgarmabdi". Shu fikr har ikkisining hayolida paydo böldi.
- Uzr sörayman, behosdan... Tög'risi, shoshib ketayotgandim...
- Ha, bu shaharda ham hamma shoshadi.
- Xatto poyezdlar ham...
Yana ösha vaqtlardagidek kulgu
yangradi...
- Taqdirni qarang, sizni 5 oy qidirib topolmagandim, uni özi bizni 5 soniya ichida uchratdi.
Aytgancha, hali ham taqdiqga
ishonmaysizmi,- yigit bir oz vaqtdan keyin, ular chetroqdagi
örindiqqa ötirishgach qizdan söradi.
- Yöq,- jilmaydi qiz.
- Unaqada nima sabab aynan siz bilan bu taxlit uchrashib qoldik?
- Bu tasodif...
Yigit qizning shu 5 oy ichida uni unutib yubormaganligini sezdi. Har holda, uchrashganlarida, qiz
aytgan "poyezdlar ham shoshadi" iborasi uni nimadandir umidvor qilardi. Shu kun yigit qiz bilan
uzoq suhbatlashmadi. Lekin u qizning telefon raqamini oldi.
Shu kun yigitning yuzida ulkan
quvonch shukuhi porlardi. Har holda u qizning nima haqdadir chuqur öyga tolib qolayotganini
payqamasdi. U mast edi. Baxtdan mast edi...
Qiz poyezdga kech qolgan kun avtobusdan tushib, u bilan xayrlashdiyu uyiga shoshdi. Bugun u juda xursand edi. Tug'ilgan kuni juda ajoyib ötardi. Oilasi davrasida haqiqiy bayram qilib nishonlashdi. Tug'ilgan kun torti, sovg'alar... Mehmonlarni kuzatib, charchagan köyi örniga yotarkan qiz bugungi sovg'alar ichida eng ajoyibini qöliga oldi. Bu yurakcha shaklidagi bejirim tumor edi. Unga qarab biroz surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan, kelishgan yigitni öyladi. Lablariga mayin tabassum yugurdi. Tumorni yostig'ining ostiga qöyib qöydi-yu közlarini uyquga yumdi.
Ertasiga darsda ötiribdi-yu hayoli özida emas. Poyezd, avtobus... "Nimalar böldi menga? Bir kunda u haqda shuncha öylayapmanmi? Yöq, men sevib qolmadim. Bu sevgi emas..." Lekin qiz nohaq edi. U yigitni sevib qolgandi. Har tunda yostig'i ostidagi tumorni qöliga olib, shirin hayollar qilardi. Bu hayollar esa tobora uni yigitga qattiqroq bog'lab borardi. Ösha lahzalarda qiz yigit uni qidirayotganini sezardi, lekin hech narsa qilib bölmasdi. Kutish kerak. Faqat shu yöl bor edi...
5 oydan söng...
Qiz kunlar ötib, yigitning kelmasligiga ishonch hosil qildi. Qayerdan ham kelardi. Balki butunlay unutib ham yuborgandir. Ayni shu vaqtlarda qizning oilasida uni uzatish haqidagi mavzu kun tartibida turardi. Qiz borgan sari bu talablarga rad javobini berishga qiynalardi. Oxiri hammasini ota-onasining ixtiyoriga tashlab qöydi. Ösha kunning özidayoq qizning uyidan sovchilar rozilik javobi bilan chiqib ketishdi...
Ular ketishdi-yu qizni titroq bosdi. Xonasiga kirdi. Tumorni qöliga olib yig'lab yubordi. Negaligini özi anglamasdi. Faqat yig'lagisi kelardi. Chunki u endi kelmaydi... Sovchilar bolalikdagi döstidan edi. Juda yaxshi yigit, lekin... Nimayam qilardi? Taqdiri shunaqa ekan. Haya, taqdir... U yana kimnidir eslatib yubordi. Ösha kuni qiz töyib yig'ladi. Bor hasrati köz yoshlarga qöshilib yuragidan chiqib ketdi.
Bugun qiz unashtirildi. Lekin yuragi hijil. Hamma baxt tilayapti. Qaydam? Töyni kuyovning ishlari tufayli 40 kundan keyinga belgilashdi. Qiz özini chalg'itishga urinardi. Xonasiga kirib har doimgidek qadrdon tumorni qöliga oldi. Unga bir oz tikilib turgach yana joyiga qaytarib qöydi. "Yöq, bugun uni qölimda olib yuraman. Birinchi va sönggi bor...",- qaror qildi qiz. Xiyobonda tumorni mahkam siqib shoshib ketardi. Keyin... Keyin urilib ketdi. Telefoni qölidan tushib sinib ketgan yigitga qaradi-yu qiz qölidagi tumorni qattiqroq siqdi...
Telefon orqali suhbatlar... Uchrashuvlar... Hammasi chiroyli edi. Qiz ham hammasini taqdir izmiga tashlab qöydi. Chunki uning sevgisi shu qadar kuchli ediki, undan shunchaki köz yumib ketolmasdi. Har uchrashganlarida yana va yana qattiqroq bog'lanib borardi. Faqat yigit har uchrashganlaridan söng qanchalik baxtli kunlarning yaqinligi haqida öylardi, qiz esa yaqin kelayotgan iztirobli voqealarni his qilardi. Shuning uchun qiz hech kimga bildirmasdan köp yig'lardi...
Oradan 20 kun ötib yigit qizga sevgi izhor qildi. Qiz esa eshitib turib yig'lab yubordi. Yöq, qiz ortiq faqat özini öylay olmasdi. Hammasini töxtatish, ehtimol tugatish kerak edi. Uni quchib, yig'lama gulim deb shivirlayotgan yigitga e'tibor ham bermasdan yig'lardi qiz...
Ösha kun qiz hammasini oyisiga aytdi. Oyisi esa dadasiga. Ota chuqur öyga toldiyu qizini bir-necha kun yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi:
- Töy böladi!
Töy böladi... Yigirma kundan söng...
Ertasiga yigit bilan uchrashgach qiz hammasini unga aytmoqchiydi. Lekin, yana ayta olmadi. Yigit ham qanaqadir mahzun kayfiyatda edi. U qizni uzoq bag'riga bosib turdi:
- Yig'lama, azizam senga kulish yarashadi...
"Nega yig'layapsan" deb söramadi ham...
Ösha kun qiz yigitni sönggi bor körib turgandi. Ertasi kun qiz bu safar yigitga hammasini aytish uchun uchrashuv joyiga keldi. Lekin yigit kelmadi. Telefoni öchirilgan. Ikkinchi, uchinchi kun ham. 4-kun yigitdan sms keldi: "Meni kechir... Menga xorijdan yaxshi ish taklif qilishdi. Bilasanmi, mening kelajak rejalarim ulkan. Bu rejada sen ham bor eding, ammo endi hammasi birdaniga özgarib ketdi. Afsusdaman. Baxtli böl..."
Qiz öqib közlariga ishonmadi. Qayta-qayta öqidi. "Siz bunday qilolmaysiz.." yig'lardi u. Lekin hammasi ravshan edi. Qiz u bilan ötkazgan shirin 3 haftalik baxtli kunlarini bir-bir xotirladi. Sevaman degandi, endi tashlab ketdi. Alam bilan unga javob yozdi:
- Sizga aytolmagan bir gapim bor: Meni turmushga berishyapti... Balki, kelajagizni öylab, tög'ri qilgandirsiz. Ketavering... Umuman qaytib kelmang... Sizi körishni istamayman.
Yodizdami, menga yurakchali tumor sovg'a qilgandiz, omad keltiradi deb? Menga soxta yurak hadya qildiz-u haqiqiy yuragimni olib ketdiz öziz bilan. Sizga baribir rahmat. Menga nimalarnidir örgatdiz. Masalan, taqdirga ishona boshladim. Lekin taqdirlarimiz ayro ekan. Yana bir gapni sizga aytolmaganman: Sizi sevaman! Hm... Yomon bölsaizam, bildiz... Nafratlanaman ham...
Sms yubordi-yu telefonini suvga otdi. Örindiqda ötirib ezilib yig'ladi. Hammasi tugadi...
Qizning töyi kuni ham keldi. Qiz xonasida közguga qarab ötirardi. Quloqlari ostida esa yigitning unga aytgan hamma gaplari bir-bir jaranglardi:
"Poyezdga kech qolganimni kim omadsizlik dedi?"
"Kul azizam, kulish senga yarashadi..."
"Buni taqdir deydilar..."
Uning yuzlariga yosh dumaladi. Shu daqiqada uning ortida otasi qölida qog'oz bilan ma'yus turardi. Otasi uning peshonasidan öpdi:
- Meni kechir qizim...
* * *
20 kun avval...
Qizning otasi qizining boshqa yigitni sevib qolganini eshitgach, chuqur öyga toldi. Fotiha bölgan, hamma rozi. Qudalar ham yaxshi odamlar. Nega qanaqadir ön kun ichida qizining bu taxlit özgarib qolganini tushunolmasdi. Buni ötkinchi hoy-u xavas deb qabul qildi va qizini bir necha kun yig'lashga majbur qilgan qarorni chiqardi:
- Töy böladi!
Ota ösha yigitni qidirib topdi. Istarasi issiqqina ekan. Lekin endi kech. U bilan ochiqchasiga gaplashib oldi:
- Qizim unashtirilgan, 20 kundan söng töyi böladi, shuni bilasanmi?
Yigit jim bölib qoldi. Qizning nima sababdan sevgi izhor qilganda yig'laganini tushungan edi.
- Hammasiga endi juda kech... Iltimos qilaman sendan, qizimni chin yurakdan sevsang uni tinch qöy, chunki men ikki dunyoda ham töyni töxtatmayman. Qizimni hurmatini saqla, el-yurt oldida isnodga qöyma.
Yigit hech narsa deyolmasdi. Qizning otasi uzoq gapirib sözini yakunladi:
- Shunday qilki, u sendan nafratlansin. Meni kechir... Shunday qilsang, hammamizga yaxshi böladi...
Shunday dedi-yu ketdi. Yigit bölsa joyida turib qoldi...
Hozir qizning otasi undan qiz uchun jonini söraganida hech ikkilanmay bergan bölardi. Lekin ayrim narsalarning qadri jondan ziyoda bölarkan. Nima qilish kerak? Yigit uchun shu kun juda og'ir böldi.
Ertasiga qiz bilan uchrashdi. Qiz yana yig'lardi. Yigit undan "nega yig'layapsan" deb söramadi ham. Uni bag'riga bosdi. Ichidan otilib chiqayotgan alami bög'ziga tiqilib qizga shivirladi: "Kul azizam, hech qachon yig'lama..." Yigit shu lahzada qaror qabul qildi: Taqdirga tan berish kerak... Qiz bilan boshqa körishmaslik kerak...
Ertasiga yana uchrashuv joyiga otlandi. Yöq, körishmaydi. Uzoqdan kuzatsa bas. U özini kutayotgan qizni uzoqdan kuzatdi. Keyingi kun, undan keyin ham... Shu kun yigitga xorijdan ish taklif qilishdi. Yigit ketishga qaror qildi. Hammasini unutish uchun... Ertasi kun u qizga sms yubordi. Uning öqib yig'laganini uzoqdan kördi-yu qölini yuragi ustiga olib bordi va pichirladi: "Kechir jonim, mendan nafratlanishing kerak..."
Kunlar ötaverdi. Yigitning samalyoti uchishidan bir kun oldin u qizni sönggi bor körish ilinjida uning uyi yaqiniga bordi. Kördi ham. G'amgin gözal qiz...
Yigit qizning otasi bilan gaplashib olishi kerak edi.
- Men ertaga tongda Parijga uchib ketaman,- yigit qizning otasi yonida söz boshladi,- mana bu xatni unga berib qöying, iltimos. Sizning iltimosingizni bajardim. Siz ham bajarasiz deb öylayman... Xayr!
Yigit ketdi. "Endi seni körmayman. Kechir meni azizam... Baxtli böl!" Uning közidan sizayotgan yoshlarni hech kim körmasligi uchun közoynak taqib oldi.
Ota maktubni öqib yuragi tölib ketdi. Qizini shu darajada sevarkan, bir og'iz sözini ikki ham qilmadi. Kuyov qilsa arzirdi. Lekin, kechikdi...
Tongga qadar hayollar iskanjasida qoldi. Tongda maktubni olib qizining xonasiga kirdi. Qizi judayam gözal. Lekin, uning közlarida yosh bor edi. Ota ortiq bardosh qilolmadi. Qizini bag'riga bosib, peshonasidan öpdi:
- Meni kechir qizim...Anna dovommi bor o'ishda tuxtamang???????
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев