Предыдущая публикация
Va’da ham qilmadim men sizga, Hatto aldamadim men sizni Onajon... Bir qizcha judayam chiroyli, Yolvorsam bir lahza kutmadi. Bo‘g‘zingiz tirnadi hatto suv, Siz uchun meningsiz o‘tmadi... Onajon... Yolvorib, yo‘l topib ko‘ngliga Tushumda tushundim qizga men. Yulduzni gul kabi terdim-u, Bitta gul tutmadim sizga men Onajon... Oy qizga she’r aytdim kuyinib, Ketdi u, parvo ham qilmasdan, Eng yomon she’rdan ham suyunib, Turdingiz yonimda, jilmasdan, Onajon... Muhabbat puch narsa. Tushundim. Onada muhabbat bor xolos. Bag‘ri keng dunyoda bor bo‘lsam, Siz uchun yangraydi, qo‘lda soz. Onajon, jon onam..!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев