O'tiradi g'amgin qiz.Negadir qalbi notinch.Uning har bir nafasi,Derazaga urilar.Azob berar yarasi,Ko'zida yosh quyilar.Kuzatar botishin quyosh,Lek hayollari har yon.Azobga berolmay dosh,Achchiq xo'rsinar har on.Sog'inib u yorini,Hayolida aks etar.Kim bilar qalb zorini.Qiz bola yana netar.Aytolmaydi sevganin,G'ururi yo'l bermaydi.Istar yori bilganin,Lek u buni bilmaydi.Qani u bilsa edi,Qanchalik sevishini.Armoni bo'lmas edi,U aytsa bilishini.Qamab umrbod sirin,Yuragida saqlaydi.G'urur qorovul bo'lib,Sirini qo'riqlaydi.Kutishdan o'zga chora,Topolmayin yig' laydi.Ne qilsin u bechora,Yoniga borolmaydi.Qizlarga juda qiyin,Sevishini aytolmas.Ojiza bo'lganidan,Hayosidan o'tolmas.Deraza yonida jim,Bir qiz o'ksib yig'laydi.Ko'zida yoshi yum-yum,Sog'inch qalbin tig'laydi
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев