-Taksi kerakmasmi?
-Xa, Yunusobod, 10-kvartal
Taksi joyidan qo’zg’aldi. Oynadan atrofga qarar ekanman shaharni ancha o’zgarganini ko’rdim. “Bu joy ko’zimga issiq ko’rinayapti. Qaysi joy ediya?....
-Bu qanaqa joy?
-“Bobur” bog’I –kulib javob berdi haydovchi.
- Xa ancha o’zgaribdi. Men ketayotganimda boshqacharoq edi.
-Qancha bo’ldi ketganizga?
- 6 yil.
“To’xta “Bobur” bog’i! Axir bu… Birdan kelgan fikr meni yuragimda qandaydir g’ulg’ula soldi. Eh, o’shanda… O’shanda menga ozgina jurat kerak edi. Xayotimni o’zimning bir og’iz gapim bilan ostun-ustun qilib yubordim-a. Esiz! Birdaniga o’tmishimning xotiralari ko’z oldimdan o’ta boshladi. Xammasi o’sha ko’prikda boshlandi.
Dars tugab, uyga sinfimizga yangi kelgan bola-Jasur bilan qaytayotgan edik. U ham bizdan 2 ko’cha narida yashar ekan. Odatda bolalar bilan uncha chiqisha olmasdim lekin Jasurning qayeridir menga yoqqandi. Yahshi suhbat bilan eski ko’prikga ham yetib kelganimizni sezmay qolibmiz. Bu ko’prikning yo’g’ochlari eski bo’lgani bilan undan haligacha foydalanishardi. Chunki katta yo’lga qisqaroq yo’l edida. Lekin ko’za kundamas kunida sindi. Birdan ko’prikning oyog’im ostidagi taxta shunday sindiki xattoki nima bo’lganini xam ilgo’lmay qoldim. 7-sinfda o’qisam xam xaligacha suzishni bilmasdim. Ko’prik ostidagi kanalga tushib ketdim. Suvga tushdim, o’gzimga suv kirib ketdi qancha harakat qilmay baribir befoyda edi. Shu paytda Jasur o’zini suvga tashlab meni qutgandi.
-Ra.. Rah… Rahmat –deya qo’rquvimdan yiglab yuborguday.
-Suzishni bilmaysanmi?
_Yo’q
-……
-Jasur bu ishingni unutmayman. Katta rahmat. Kel do’st bo’lamiz
-Mayli, do’stim!
Birovdan qarz bo’lib qolmaslik hissi ila katta bo’ldim. Hudoga shukrki o’sha paytlarda hech kimdan, faqat Jasurdan boshqa, qarzim yo’q edi. Mana shu qarz meni yo’q qildi.
Taq-taq. Taksining birdaniga chuqurga tushib chiqishi hayolimni bo’lib yubordi.
-Padariga lanat bu chuqurni- dedi haydovchi unga yomon qaraganimni ko’rib. Men esa unga e’tibor bermasdan. Bo’linib ketgan o’tmishni esladim.
Jasurdan boshqa do’stim yo’q edi. Ikkalamiz 2 xil joyga hujjat topshirdik. U harbiy yo’nalishga, man esa iqtisodga. Yahshi o’qiganimiz un ham o’qishga kirdik. O’qidik. 3-kursligimda mendan 2 kurs pastda o’qiyotgan Maftunani yoqtirib qoldim. Boshida tilini topishga qiynalib qiynalib zo’rg’a kelishib oldim. Aniqroqi u bilan do’st edik. Lekin men uni o’zim uchun do’st deb bilmasdim. Uni sevardim! Lekin buni hatto Jasurga xam aytmaganman. Bu faqatgina yuragimning tub tubida ochilmas eshiklariga yashirib qo’ygandim. Shunday kunlarning birida Maftunani Jasur bilan tanishtirib qo’ydim. 3 ta do’st yahshi suhbat qurdik, zerikmadik. Kunlar o’taverdi, oylar o’tdi. Mana nihoyat 4-kurs bo’ldim. Endi yana bir yil oqisam o’qishim tugaydi. Maftunani qo’lini so’rab qo’yishim kerak. Keyin uyiga sovchi yuboraman. Bizlar bahtli yashaymiz. Uchrashuvga chiqdim-u lekin unga dilimdagilarni aytolmadim. Chunki uning ko’ngilni yoquvchi tabassumi, oppoqina yuzi-yu olovli qora ko’zlar meni chalg’itdi, shoshirib qo’ydi. O’sha kuni unga yanada e’tibor bilan qaradim. Uning zulfini qulog’ining orqasiga qilib tashlashi, nozik-nozik oyoqlari balan asta-sekin yurishi, kelishgan qomatiga ko’kragining yanada xusn berib turishini ko’rib uni yanada qattiqroq sevib qolardim. Mana bir yil ham yuragimni yondirib o’tib ketdi. Ishga joylashdim bankga. Ishladim. Jasur ham o’qishini tugatib ishga kirdi. Bizlar 3 do’st tez-tez uchrashib turardik. Bir kuni Jasur bilan kafeda o’tirganimizda:
-Do’stim senga bir gap aytmoqchiman.
-Aytchi.
-Men bittasini yahshi ko’rib qoldim – dedim unga Maftuna haqida birinchi bor aytmoqchi bo’lib.
-O’ men seni yuragi toshdanmikan deb yuruvdim.
-Qo’ysangchi.
-Ismi nima ekan toshni yorgan malikani?
-Keyin aytaman. Xali o’ziga aytganim yo’q.
-Ayt. Keyin afsuslanib qolasan. Shu desang men ham bittasini yahshi ko’rib qoldim.
-Nima polkovnikning qizi bormikan?
-Nima deyapsan, uni taniysan. Maftuna. Bilasanmi……
U Maftuna haqida gapirib berar edi, Lekin Uning birorta gapi qulog’imga kirmas faqat uning ismini do’stidan eshitish meni esankiratib qo’ydi.
-Hoy senga aytayapman xayolingni malikang olib qochdimi- dedi Jasur meni gapini eshitmayotganimni sezib. –Shu Maftunaga uylanmoqchiman.
Bu so’z meni og’ir ahvolga solib qo’ydi. Lekin unga
-Bahtli bo’linglar- deyishga kuchim yetdi.
Hayotim mazmuni yo’qolib borar. Maftunaning uydagilari ham Jasurga uni berishga rozi bo’libdi. Men esa o’tda yonardim. To’y yaqin edi men esa nima qilarimni bilmay ishdaligimda chetga Angliyaga Grant ketayotganini eshitib unda ishtirok etdim. Buni qarang taqdir hazilimi yoki qochishga imkoniyat bilmadim-u lekin grantda yutdim. Eng alamlisi do’stlarimning to’ylaridan bir kun keyin ketishim kerak ekan, men esa shu to’yni ko’rishni xoxlamasdim. To’yda kuyovjo’ra bo’lib yurdim. Oh, bu yurak. Malikangni boshqa birovning qo’liga berib yuboryapsan. To’y tugagach bo’kkinumchi ichdimda ertasiga bir amallab bu yerlardan ketdim. Malaka oshirdim. Keyinchalik bankimizning shu yerdagi vakili sifatida ishlay boshladim. Uydagilar bir necha bor “Uyga kel sog’indik “ deyishiga qaramasdan bormadim. Chunki menga vaqt kerk edi.
6 yil ichida ularni asta sekin unuta boshladim xatto yuzlari xam esimdan chiqa boshlagandi. Mana bugun lotamning ahvoli og’irligini eshitib keldim. Lekin afsus xotiralar meni….
-Yetib keldik –dedi haydovchi.
Davomi bor.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 8