biridagi otadiy öquv kuni.
Öquvchilar darsda ötirgan
vaqtida qizlardan biri anchagina
katta miqdordagi puli
yöqolganligini aytib qoldi.
Öqituvchi ayol sinfda ög'ri
öquvchi paydo bölganidan
nihoyatda g'azablandi. U
xonadan hech kim chiqmasligini
va öquvchilarning sumkasini
bittama-bitta tekshirib chiqishini
aytib qoldi. Tekshirish birinchi
qatordan boshlandi.
Öqituvchi asabiy holatda
hammaning sumkasini birma-bir
nazoratdan ötkaza boshladi. Shu
vaqtda oxirgi qatorda ötirgan
qizlardan biri xavotirlana
boshladi. U nihoyatda
hayajonlanar, qöllari titrar, hadik
bilan öqituvchiga tikilgancha
öylardi: «Navbat menga yetib
kelganida nima qilaman?
Sumkamni ochib körishsa,
sharmanda bölamanku!»
Nihoyat öqituvchi uning
qarshisiga yetib kelganida, qiz
juda bezovta, közlari mungli,
hadikdan qaltirab turardi.
Öqituvchi undan sumkasini ochib
körsatishni söraganida, qiz
sumkasini berishdan bosh tortdi.
Sinfda g'ala-g'ovur kötarildi.
Hammaning shu qiz ög'ri
ekanligiga ishonchi komil edi.
Öqituvchi bu safar baland ovozda
qizdan sumkasini berishni söradi.
Qiz rad etgach, g'azablangan
öqituvchi uning yuziga tarsaki
tushirdi va nafrat bilan pichirladi:
"Ög'ri!" Qizning lablarining bir
chetida qon izlari körindi,
yuzlariga yosh dumaladi.
Öqituvchi qizni maktab
direktorining xonasiga olib bordi.
Direktor qizdan sumkasini unga
berishni qat'iy talab qildi. Qiz
sumkasini direktorga uzatarkan,
yig'lagan ovozda pichirladi:
"...men... ilojsizlikdan...." Direktor
va öqituvchi sumkani ochib
körishdiyu bir muddat jim bölib
qolishdi. Sumkaning ichida bir
nechta non bölaklari va ovqat
qoldiqlari bor edi.
Qiz mungli ovozda hammasini
tushuntirdi: «Меn sumkamni
sinfdoshlarim oldida ochib
körsatishni xohlamadim. Ular
menga past nazar bilan
qarashlaridan, ustimdan
kulishlaridan qörqdim. Меn doim
sinfdoshlarimdan ortib qolgan
non bölaklari va ovqat
qoldiqlarini yig'ib yuraman. Uyga
borganimda esa onam, men va
ukalarim bularni birgalikda
baham köramiz. Mening otam
ölgan... Onam kasal... Ukalarim
och... Bizning bundan boshqa
tirikchiligimiz yöq..» Ustozlarning
yuziga yosh sizdi.
Qiz öksib yig'lar, yuzidagi tarsaki
izi esa qizarishni boshlagandi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1