Assalomu alaykum orzu havas bilan kelin olgan. Kelin olish arafasida turgan Qaynona qaynota va qayni singillar. Kelin kim o'zi? Osmondan tushganmi? Kelin degani qul deganimi?Yoki boshqacha qilib aytganda uning joni temirdanmi? Islom shariati kelinlar to'g'risida nima deydi. Urf odatlar Islom shariatiga to'g'ri keladimi? Urf odatlarni kim chiqargan? Kelinglar shu savollarga javob topamiz. Allohga shukur biz Musulmon davlatda yashaymiz barchalarimiz musulmonmiz. Kim o'zini musulmonman deb davo qilsa albatta musulmon odam qanday bo'lishi kerakligini bilishi shart. Men shu paytgacha kelin mavzusini ochmaganman bu mavzuda yozaman deb hayolimga ham kelmagan edi. Allohga shukur shu yili bir soliha qizga uylandim va bir yaqin insonim ham shu yili uylandi. Kelinga uydagi vazifalarni ko'rib shu yuqoridagi savollar tug'ildi va yozishga qaror qildim. Islom shariatida kelin Qaynonona aynota va qayni singilni hizmatini qilsin deb buyurulmagan. Faqat eriga itoat qilsin degan. Bu ham o'zi uchun chunki Payg'ambarimiz Muxammad (.sollallohu alayhi vasallam)JANNATI aniq bulgan ayolni aytaymidedilar.Erini gururini uzinikidan ham ustun quyadigan bolalari kup farzandlarini yaxshi iymonli qilib tarbiyalaydigan.erini kayfiyatini kutaradigan eriga buysunadigan.eng muhumi erini duosini olib erini roziligini olgan ayol haqiqi JANNATI ayoldedilar! Yana bir hadisda Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Ayol kishi besh vaqt namozini o‘qisa, bir oy ro‘zasini tutsa, avratini (nomahramlardan) to‘sib, eriga itoatli bo‘lsa, jannatga jannatning xohlagan eshigidan kiradi" (Abu Na’im rivoyati). Kelin sahar yerga yoruq tushmasdan turadi. Hamma yoqni supurub tozalab hammaga choy tayyorlaydi. Har bir honadonda har hil tartib yaniy kimdir ertda kimdir kechroq turadi lekin kelinni vazifasi esa bir hil hammani ko'nglini olib hammaga choy tayyorlash kerak. Hamma ishiga ketadi. Uyda qaynona va kelin qoladi. Uyda qanday ish bo'lsa kelin kechgacha hammasiga ulgurishi shart bo'lmasa qaynona kelini urishadi yoki bir so'z aytib kelinni dilini og'ritadi. ishlaydigan kelin bo'lsa u ham ishga ketadi. Lekin baribir ishdan kelib uydagi hamma ishni qilishga majbur. Hechki ovqat yana kelin tayyorlash kerak boshqalarni qo'li ayog'i yo'q. Qiziq kelin kelmaguncha bu ishlarni kim qilgan ekan yoki shu honadondagilar kelin kelmaguncha hech qayerni supirishmay tozalashmay ovqat yemay yurganmikin-a? kelin kun bo'yi ish qilib charchagan erini o'ylab eridan gap eshmaslik maqsadida hammani hizmatini qilib kechi payt esa kun bo'yi yeg'ilib qolgan gaplarini eriga aytadi. Tuni bilan Uyqi yaxshi bo'lmaydi va yana sahar turish kerak. Hammani oilasi shunday emasdir lekin bundan ham yomonroq oilalar bor. Insonga normal uyqi qancha 8 soatmi aytingchi qaysi kelin 8 soat dam olyapti? Inson kam uxlagandan keyin toliqadi og'ir mehnat ham yengil mehnat ham zarar natijada kasal bo'ladi. U ham sizga o'xshagan odam osmondan tushmagan yoki joni temirdan emas. Kelin degani qul degani ham emas. Sizni ham qizingiz, singlingiz bor u ham bir honadonga kelin bo'lib boradi. Siz keliningizga qanday muomilada bo'lsangiz sizning ham qizingizga shunday muomilada bo'lishadi. Hayotda 99% kelinlar to'ydan keyin kasal bo'lishadi. Bazi qaynonalar menga kasal kelin kerak emas deb uyiga davolanib kel deb jo'natvoradi. Nomart er ham bunga qarshi bo'lmaydi. Vaholanki Er xotinining oziq-ovqat va kiyim-bosh kabi ehtiyojlarini isrof etmay, yetarli ta'minlashi kerak. Er xarjlari uchun ajr va savobga erishadi. Imom Buxoriy va Muslim «Sahih»larida shunday kelgan: «Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz alayhissalom dedilar: «Sen Alloh taolo roziligini istab qilgan har qanday xarjing uchun ajr olasan. Hatto xotining og‘ziga solgan taoming uchun ham senga ajr bor». Lekin shu kelin erni, Qaynona qaynotalarini hizmatini qilaman deb yoki farzand ko'raman deb homilador bo'lib kasal bo'ladi. Xo'p erini hurmatidan qaynona va qaynotasini hizmatini qilsin albatta bunga sog'lig'i ko'tarsa. Lekin hali 18 yoshga to'lmagan kush quvvati joyida qaynisingilni hizmatini qildirish bu axmoqni ishi aksincha o'sha singil kelinga yordam berib birgalikda ota onasini hizmatini qilish kerak. Yozaman desam gap ko'p lekin shu yozilganlarga amal qilinsa kelinlarga ancha adolatli muomilada bo'lishadi inshaalloh. Alloh ta'olo barchalarimizga aql bergan shu aqlimiz bilan ozgina tafakur qilaylik. Barchamiz xato qiluvchi bandamiz hech kim mukammal inson bo'lolmaymiz. Bir birimizni hatolarimizni kechiriradigan bilgan eshtgan ilmlarimizga amal qiladigan. Faqat o'zigagina itoat qiladigan taqvodor bandalaridan qilsin omin. (Ushbu maqolani hatolari bo'lsa oldindan uzr. Kimni imkonyati bo'lsa Qaynonalarga yetgazing Alloh roziligi uchun
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3