Yomg'ir
yog'ardi. Avtobus
bekatida bir
yigit va bir qiz
gaplashib turar,
qizning közlaridan yosh sizib
chiqardi.
-Seni sevmayman, meni
öz
holimga qöy, -dedi
yigit yig'layotgan qizga. Qiz
yigitni
toshbag'irlikda aybladi,
undan
nafratlanishini aytdi va
burilib tez-tez yurib ketib
ketib qoldi.
Yigit uning ortidan jim
termulib
qoldi. U qiz bilan
boshqa körishmasligini bilardi.
U og'ir
xörsinib qöydida
mashinasiga
ötirib tög'ri onkologiya
markaziga bordi. 2- qavatda joylashgan
vrach
xonasiga kirdida
stolida öychan
ötirgan doktorga qarab
shunday dedi: "Men
tayyorman". Doktor
örnidan turib yigitning
yoniga
keldi.
Qölini uning yelkasiga qöydi:
"Bardam böl uka,
hammasi yaxshi
böladi, inshoolloh"
Yigitni jonidan ortiq
sevadigan qiz yigitning sönggi
vaqtda nega
bunaqa bölib
qolganligi sababini
bilmasdi. Yigit
kasalligini bilgach ancha vaqt
operatsiyaga rozi
bölmadi. Oz vaqt
bölsada qiz bilan
birga bölishni istadi.
Lekin baribir tavakkal qilish kerak
edi. U
qizning baxtli bölishini
istar,
uning közlarida g'am
va achinishni körishni
istamasdi. Shu sabab
qiz bilan
munosabatlarni
uzishga qaror
qildi. Shunday böldi ham... Qizda
hayotga qiziqish
qolmagandi. U
özini aldangan his
qilar, sog'inch
azobi alamlar bilan qorishib
qalbiga og'riq solardi.
U hamma
narsaga befarq bölib
qoldi. Yigitni
sog'inar, bir vaqtning özida
undan ranjirdi.
Hammasini
unutishni istar, közlari
yig'lashdan tinay
demasdi. Bir qancha vaqt ötgach,
ota-onasi
qistoviga köra bir
doktor yigitdan
kelgan sovchilarga
rozilik berdi... Yigit bölsa qizni
uzoqlardan köp
kuzatardi, qiz buni
sezmasdi
hatto. Yigit hammasi
tushga aylanib qolishini, va
uyg'onib,
yana baxtli kunlarga
qaytishni
istardi. Hayot uchun
astoidil kurashardi.
Kunlar tez ötaverdi. Qiz
töy kuni
yaqinlashgach, öz
xusnihati bilan
yigitga töyi uchun taklifnoma
yozib jönatdi. "Mana,
sizsiz
yashayapman...
baxtliman...". Shu
ma'no mujassam edi bu
harakatida. Yigit
taklifnomani körib
jilmaydi. "Ha,
sen albatta baxtli
bölishing kerak". Shu ma'no bor
edi bu
jilmayishda. Anchadan
beri u bu
qadar özini
yengil his qilmagandi. Qiz özga
yigit bilan chimildiqqa
qadam
qöyganida, yigit
ertangi
operatsiyadan tirik chiqmasligi
mumkinligi haqida
öylardi... U shu
kuni qizga chin dildan
baxt tiladi...
Ertasiga yigit qölida ösha
taklifnomani mahkam
siqib
operatsiya xonasiga
kirib ketdi...
Qiz kechqurun erini ishdan kutib
olarkan, uning
kayfiyati yöqligini
sezdi. Eri unga bugun
bir yosh
yigit kasalxonada og'ir operatsiyaning sönggi
daqiqalarida jon
berganligini, u
judayam irodali
bölishiga
qaramasdan, uni saqlab
qolisholmaganligini
aytdi.
-Bilasanmi, uning
qölida bizni
töyimizga taklifnoma bor ekan,-
dedi u.
Qiz holsiz eridan
taklifnomani
oldiyu yig'lab yubordi.
U özining xusnihatini
tanigandi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев