Предыдущая публикация
meni
yolg'izim,
Endi tushlaringga kirmay
qo'ydimmi.
Ko'zimda porlagan so'nmas
yulduzim,
Men hijronda yonmoq
uchun
suydimmi.
Bilaman olissan, mendek ilojsiz,
Yolg'izlik seni ham
qiynaydi balki.
Men senga Ollohdan
bahtlarni
tilab, Yo'lingda intizor tirikman
toki.
Ishqning saroyida sarson
asiring,
Dardim ko'tarolmay
yig'laydi qalam.
Ishonmay taqdirga
burdim
yuzimni,
Chunki ko'zlaringda
azobim nolam.
Iltijo qilaman yana
she'rimga,
Izhorim yetkaz deb
qalbiga uni.
Niyatim doimo yodingda bo'lsa,
Tanho sen o'zingsan
umrim
mazmuni.
So'z beraman butun umr
kutmoqqa, Yetsa edi faqat bardoshu
sabrim.
Agar o'tar bo'lsam
dunyodan
sensiz,
Sog'inchlarim unib bezaydi
qabrim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2