A.V HAQIDA:
1-yon DO'STLARI: Ko’rgan zamon inong’on Abu
Bakr Siddiqdir.
Ustun bo’lib tayang’on Abu Bakr
Siddiqdir.
Munglashg’onda yig’labon,
qulluqqa bo’l bog’lag’on,
Ich, bag’rini dog’lag’on Abu Bakr
Siddiqdir.
Bir qavlidin qaytmag’on, sirrin
hargiz aytmag’on,
G’ofil bo’lib yotmag’on Abu Bakr
Siddiqdir.
Jon jononag’a qovshurg’on qizin
qo’ldin topshirg’on,
Qo’l qovshirib yolvorg’on Abu
Bakr Siddiqdir.
Aytkon so’ziga etkon, nafsi
havodan ketkon,
Haq Rasulni berkitkon, Abu Bakr
Siddiqdir.
Muhammadga qaynota, qilg’on
emas hech xato,
Bo’ynig’a solg’on fito Abu Bakr
Siddiqdir.
Qul Xoja Ahmad qil tasdiq, yori
g’oring qil tafriq,
Oriflikda bil sodiq bor Bakr
Siddiqdir.
Abu Bakr Siddiq raziyallohu
anhu...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев