qizchasi bilan sayr qilib yurardi.
Ular gul dökoni yaqiniga kelgach
ota bugungi bayram bilan
tabriklash uchun qizchasiga gul
olib bermoqchi böldi. Gullarni
körib sevinib ketgan qiz
dadasidan mayin ovozda iltimos
qildi: "Adajon, oyimga ham gul
olaylik, oyim yaxshi köradigan
qizil gullardan olaylik". Dadasi
qizchaning sochlarini silab qöydi
va u aytgandek qizil gullardan
xarid qildi. Ular yana biroz
aylangach taksi töxtatishdi va
uyga yöl olishdi. Qizcha özida yöq
xursand edi. Ötgan yilgi
bayramda bölgani kabi bugungi
bayramda ham onasini astoydil
tabriklamoqchi edi. Qizcha
dadasiga yuzlandi: "Adajon,
oyimga özim yodlagan she'rimni
aytib bersam maylimi?" Dadasi
qizchaning sochlarini silagancha
jilmayib javob berdi: "Mayli..."
Manzilga yetib kelishgach, ular
uyga kirishdi. Qizcha qölida qizil
gullarni tutgancha chopib
oyisining xonasiga kirdi va özi
yod olgan she'rni ayta boshladi:
"8-mart bugun, Onajonlar
bayrami...." Qizaloq she'rni
yakunlab birdaniga yig'lab
yubordi. Dadasi ortidan kelib
qizchaning sochlarini siladi, egilib
peshonasidan öpib qöydi. Qizcha
yosh tölgan közlarini pirpiratib
dadasiga qaradi: "Oyijonimni
judayam sog'indim..." Devordagi
qip-qizil gullar osilgan suratdan
esa onasi qizchaga kulib qarab
turardi..
Manbaa: O'qing... Faqat yig'lamang...
Avtor: - Маэстрo - (Zarif Ayubov)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев