yoqqa tez-tez yurardi.
Asabiylashganligidan
barmoqlarini qisardi. Bugungi
kechaga borish uchun ruhsat
berishmagan ota-onasidan jahli
chiqardi. Tög'rida, voyaga yetgan
bölsa, har kuni ham
bölavermaydiku bunaqa kechalar.
U yerda dugonalari, döstlari, eng
muhimi esa u - sevgan yigiti
böladi. Ota-onasi esa qiz bolaning
yarim kechasi restorandagi
ziyofatga borishi yaxshi
emasligini aytishdi. Unga
nisbatan adolatsizlik qilishdi.
Ayniqsa onasining qizini
xonasiga kelib aytgan gapi qizni
asabiylashtirardi. Hammasi
yaxshilikka emish. Qanaqasiga
yaxshi bölsin, hamma yaqinlariga
qöshilib oyda-yilda bir yayrab
dam ololmasa? Qiz nihoyat, ota-
onasiga aytmasdan derazadan
chiqib ketishga qaror qildi. Ota-
onasi sezishmasa bas. Kiyinib,
uyda ota-onasi uxlaydigan vaqtda
derazadan sekingina chiqib ketdi.
Restoranga kelib, bazm
xursandchiligiga qöshildi. Sevgan
yigiti bilan uzoq suhbatlashdi.
Soat yangi kun boshlanganini
körsatgan vaqtda qiz ketishga
chog'landi. Yigit uni kuzatib
qöyishini aytdi. Qiz taksi
chaqirishini, yigit köp ichib
yuborganligini va mashina
hayday olmasligini aytsada,
anchagina mast bölishga
ulgurgan yigit uni eshitishni
istamadi. Nailoj, qiz mashinaga
ötirdi. Köcha böylab
harakatlanishar ekan, qiz yigitdan
sekinroq haydashini söradi.
Ammo yigit uni eshitadigan
ahvolda emasdi. Shu asnoda
qarama-qarshi tomondan
avtomobil farasi yorug'i yigitning
közini qamashtirib yubordi.
Mashina polasadan chiqib ketdi
va qarshisidan kelayotgan
boshqa avtomobilga urilibdi... Qiz
közlarini ochganida tepasida
xamshira turardi. Qizning hamma
joyi og'rir, qöl-oyoqlarini
qimirlatolmas, boshi bint bilan
bog'langandi. U zörg'a
xamshiradan ruldagi yigitga nima
bölganligini söradi. Xamshira yigit
voqea joyida vafot etganligini
aytdi. Qiz ular urilgan
mashinadagi odamlar haqida
söradi. Unda ham ikki kishi
bölganligini va ular ham halok
bölganligini bilgach, afsuslandi.
Özining ham ahvoli og'irligini
sezib, tirik qolmasligini tushundi.
Xamshiraga pichirlab gapirardi:
"Opajon, iltimos, ota-onamga
meni kechirim söraganligimni
aytib qöying... Men ularni
gaplariga quloq solishim kerak
edi. (Qiz gapirishga tobora
qiynalardi) Bilasizmi... men... men
ista...istamagandim. Ularni yaxshi
körishimni ham ayting. Aytasiz...
Aytasiza?" Xamshira namlangan
közlari bilan unga jim termulib
qoldi. Qizga javob bermadi. Uning
qölini mahkam qisib oldi. Ikki
daqiqadan keyin qizning joni
uzildi. Shunda boshqa bir
xamshira undan nimaga
gapirmaganligini söradi. U esa
qizning jonsiz yuziga termulgan
köyi shivirladi: "Qizga ular urilib
ketgan avtomobilda halok
bölganlar uning ota-onasi
ekanligini aytgim
kelmadi..." (Manba: "Читай
только не плачь" gr.)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3